So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  10 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  5 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Osiyo Kubogi-2019. Karlush Keyrush qurada ishtirok etmadi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Karlush Keyrush qurada ishtirok etmadi

Kecha Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xizmat safari bilan men ham har to'rt yillikning eng qiziqarli marosimini yoritish maqsadida Toshkentdan Dubay tomon yo'l oldim. Yalbatta, yashirish kerak emas safardan ko'zlangan asosiy maqsadlardan biri Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushdan intervyu olish edi.

Nega deganda O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi Keyrush bo'lishi haqida ko'p gapirilyapti. Men esa bu borada portugaliyalik murabbiyning o'zidan eshitmoqchi, undan Jahon chempionatidan keyingi rejalari haqida so'ramoqchi edim. Ammo Karlush Keyrush qura marosimiga tashrif buyurmadi.

Sababini surishtirganimda ikki xil javob deb eshitdim. Birinchisi, ayni paytda Keyrush va Eron FF o'rtasida qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgan, shu bois murabbiy o'sha muammoni hal qilish bilan band. Ikkinchisi esa marosim arab davlatida tashkil etilgani uchun siyosiy vaziyatdan kelib chiqib Eron o'z murabbiyini yuborishni xohlamagan. Mayli, bu endi ularning muammosi.

Umuman olganda, nafaqat Keyrush balki Eron FFdan deyarli hech kim ko'zga tashlanmadi. Qura tadbiriga shuningdek, Avstraliya bosh murabbiyi Bert van Marveyk ham kelmadi. Undan ham intervyu olish niyatida edim, chunki terma jamoamizni boshqaradigan nomzodlar orasida van Marveyk ham bor. Malumki, gollandiyalik murabbiy JCH-2018dan so'ng terma jamoadan ketadi va uning o'rnini mahalliy mutaxassis Grexem Arnold egallaydi. SHunday ekan, murabbiyning nima uchun kelmagani tushunarli.

Xo'sh, Bert van Marveykning navbatdagi jamoasi kim bo'ladi? U O'zbekistonga kelishi mumkinmi? Bu kabi savollar hozircha javobsiz qolmoqda.

X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика