

Hozirgina Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange istefoga chiqarildi. Bunga asosiy sabab Suriyaning Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bo'ldi. Musobaqani Falastin (0:0) bilan durang o'ynagan holda boshlagan Shtange shogirdlari, ikkinchi turda Iordaniyaga (0:2) yutqazib qo'yishdi. Endi 3-turda Suriya Avstraliya imtihonidan o'tishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq, Tailand bosh murabbiyi Milovan Rayevac ham istefoga chiqarilgandi.



