Osiyo kubogi-2019. Guruhdagi raqibimiz Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2018, 12:50
Ummon terma jamoasi sentyabr oyida Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi.

Pim Verbek boshchiligidagi ummonliklar 9 sentyabrda Iordaniyada Livan bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin 2019 yil yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Eslatib o'tamiz, Ummon terma jamoasi Osiyo kubogida O'zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin 9 yanvar kuni Sharja amirligida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia