So’nggi yangiliklar

09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  8 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  1 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2 22:04Суперлига. "Қизилқум" "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади, жиззахликлар баҳсни 10 киши бўлиб тугатишди  7

Osiyo Kubogi-2019: Grand jamoalar nega xotirjam? Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019: Grand jamoalar nega xotirjam?

Ayni paytda SHarja shahridagi "SHarja" stadionida joylashgan media-markazda ishlab o'tiribmiz.

Ikki kunda yo'lda o'tkazganimiz bois Osiyo Kubogi doirasidagi ikkita guruh uchrashuvlarini ko'rolmadik. Hozir esa uchrashuv videosi orqali o'yindagi xavfli vaziyat va gollarni tomosha qildim. Umuman bu galgi Osiyo Kubogi hamma taraflama har qachongidan boshqacha kechmoqda.

Birinchidan, ilk marotaba Osiyo Kubogi kabi nufuzli musobaqada jurnalist sifatida faoliyat ko'rsatyapman. Ikkinchidan, saytimiz ham doimgidek muhim musobaqani voqea joyidan yoritish uchun kelgan. Bu galgi musobaqaning saytimiz uchun avvalgilardan farqli jihati, yanada kattaroq, deyarli to'liq tarkibda keldik. Dubayda o'zimizni huddi Toshkentdagi ishxonamizda turgandek his qilyapmiz. CHunki deyarli barcha xodimlar shu erda va o'sha ajoyib muhit hukmron.

Uchinchidan, bu yilgi Osiyo Kubogida doimgidek 16 jamoa emas, balki 24 terma ishtirok etadi. Bu esa jami oltita guruhdan iborat bo'lgan musobaqaning 4ta "kvarteti"da eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan uchinchi o'rin sohiblari ham pley-off yo'llanmasiga ega chiqishlarini bildiradi. Osiyo Kubogi ham Evropa chempionati singari 24talik formatga o'tgani guruh bosqichlaridagi ko'plab o'yinlar qadrini va ahamiyatini tushirib yuborgani aniq. Buni turnir starti sensacion boshlangani ham ko'rsatib turibdi. SHu boisdan ham grand jamoalar uzoq davom etadigan musobaqaga o'z kuchlarini keng va teng taqsimlagan holda ancha xotirjam o'ynashmoqda.

Osiyo Kubogidagi sensacion start va grandlar avvalgidek kuchlidek ko'rinmayotganiga aynan mazkur jihatlar ham o'z tasirini ko'rsatmoqda. O'sha mezbon BAA ham, Avstraliya yoki Janubiy Koreya singari jamoalar o'yindan-o'yinga kuchayib borishadi. Hozirgi format va uchinchi o'rin sohiblari ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatga ega ekanliklari ularga guruh bosqichini bemalol o'tkazish sharoitini yaratdi. Birinchi turdagi kuchli jamoalarning o'yini va natijasi aldamchi holat, menimcha.

Lekin tanganing yana bir tarafi borki, buni ham unutmaslik kerak. Evropa chempionati ham 24talik formatga o'tganidan so'ng guruhdan arang uchinchi o'rin bilan chiqqan Portugaliya yakunda chempionga aylandi. Yani, bunday format grandlarni bo'shashtirib, xotirjamlikka berilishiga yo'l qo'yishidan ikkinchi elitdagi termalar unumli foydalanib qolishlari mumkin. Osiyoda esa bunday vazndagi jamoalar sirasiga albatta O'zbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy yoki Suriyani ham qo'shish mumkin. SHuningdek, bu gal har taraflama boshqacha o'tayotgan qita chempionatida har qanday kutilmagan syurprizga tayyor turish kerak.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya istalsa-istalmasa baribir favoritlar ro'yxatini boshqarib turishadi. Bunday tajribali va kuchli ijrochilarga ega termalar musobaqa davomida katta zaxira bilan o'ynab, istalgan vaqtda o'yinini kuchaytirib yuborish salohiyatiga ega. Aynan shu jihat bu top jamoalar vaznini og'ir qilib turadi.

Yangicha ko'rinishdagi Osiyo Kubogi Evro-2016 singari bo'lib, unda Portugaliya Evropada yangi chempion bo'lgani kabi O'zbekistonni Osiyoning yangi chempioniga aylantirishi niyat qilamiz. Har holda O'zbekiston Osiyoning Portugaliyasiga to'la mos jamoa. Iqtidorlar va texnika sohiblari etibori bilan ham O'zbekistonni Osiyoning Portugaliyasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Faqat bu ishni amalga oshirish uchun Ektor Kuperning murabbiylik imzosi ham yaqqol ko'rinib, taktik jihatdan ancha puxta ishlashi lozim bo'ladi.

Muallif :
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика