So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Osiyo Kubogi-2015. Xitoy bilan o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Xitoy bilan o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda

Osiyo Kubogining 2-turida milliy terma jamoamiz Xitoyga qarshi bahs olib boradi.
Bugun futbolchilarimiz Brisben shahridagi "Brisben Straykers" (1-liga havaskorlar jamoasi) uy uchrashuvlarini o'tkazadigan maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulot belgilangan vaqtdan yarim soatcha oldin boshlandi. Biz Sidneydan Brisbenga tushdan so'ng uchdik va bu erga etib kelishimiz bilanoq narsalarni darhol mehmonxonaga joylashtirib, o'zimiz mashg'ulotni ko'rgani ketdik. Xayriyat, Sidneydagidan farqli o'laroq bu erda terma jamoa mashg'ulot o'tkazgan maydon biz turgan mehmonxonadan ko'p uzoq emas ekan.



SHaharda kun bo'yi yomg'ir yoqqani tufayli maydon jiqqa ho'l holatga kelib qolgan ekan. Mashg'ulot odatdagidek engil chigalyozdi mashqlari bilan boshlandi. Buni yordamchi murabbiy Aleksandr Volkov o'tkazdi. SHundan so'ng navbat to'p bilan ishlashga etib keldi va bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga yordamchilari - Baxtiyor Ashurmatov va SHuhrat Maqsudov yordam berishdi. Darvozabonlarni esa har doimgidek Pyotr Gizimchuk shug'ullantirdi. Mashg'ulotning asosiy qismi tarkibni ikkiga bo'lib olib borildi. Bunda asosiy tarkib bilan Mirjalol Qosimovning o'zi ishladi.



Server Jeparov, Timur Kapadze, Bahodir Nasimov, Vohid SHodiev, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Anzur Ismoilov kabi futbolchilar asosiy tarkib azosi sifatida mashg'ulot o'tkazishdi. Boshqa o'yinchilar bilan SHuhrat Maqsudov ishladi.



Darvoqe, terma jamoamizning bugungi mashg'ulotini ko'rish uchun xitoylik uch nafar jurnalist ham keldi. Ular terma jamoamiz haqida malumot olishga harakat qilishdi. Xitoylik bir hamkasbimizning aytishicha, Osiyo chempionatini yoritish uchun Avstraliyaga 150 nafarga yaqin OAV xodimlari kelgan, shuningdek, O'zbekiston - Xitoy bahsini 5 ming nafar xitoylik ishqiboz kuzatishi kutilmoqda.


Xayrulla Xoliqov
Brisben
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика