So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Osiyo Kubogi-2015. Ular qanday chiqishdi? Saudiya Arabistoni Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Ular qanday chiqishdi? Saudiya Arabistoni

Osiyo Kubogi boshlanishiga ham borgan sari kam vaqt qolyapti.
Bilasiz, bu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi va guruhda Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDRga qarshi bahs olib boradi. Osiyo chempionatining rasmiy sayti afcasiancup.com Saudiya Arabistonining qanday qilib Osiyo Kubogiga chiqqani haqida maqola chop etdi.

Malumot uchun:
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi
Osiyo Kubogidagi ishtiroki: 8 (1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
Eng yaxshi ko'rsatkich: chempion (1984, 1988, 1996)
2011 yilgi natijasi: guruh bosqichi
O'yinlari soni: 41 (18 g'alaba, 13 durang, 10 mag'lubiyat)

S.Arabistoni saralash o'yinlarida 2007 yilgi Osiyo Kubogi sohibi Iroq, shuningdek Xitoy, Indoneziya kabi jamoalarga qarshi bahs olib bordi. Ular dastlabki bahsni Dammamda Xitoyga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida zafar quchishadi. O'sha o'yinda Fahad Al Muvallad bilan Naif Hazazi tomonidan kiritilgan gollar arablarga ilk uch ochkoni taqdim etadi.

Saudiyaliklar navbatdagi bellashuvni Jakartada Indoneziya termasiga qarshi o'tkazib, 75 ming muxlis qarshisida zo'rg'a 2:1 hisobida g'alaba qozonishadi. Garchi uchrashuvning 5-daqiqasida Indoneziya hisobni ochgan bo'lsa-da, keyinchalik Yusuf Al Salim tomonidan kiritilgan ikkita gol mehmonlarga g'alabani taqdim etadi.

Guruhdagi uchinchi turni Iroqqa qarshi o'tkazgan jamoa bu safar 2:0 hisobida raqibidan ustun keladi. Iroqdagi siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yin Iordaniyada bo'lib o'tadi. Bunda Osama Xavsavi bilan Nosir Al SHamroni tomonidan kiritilgan gollar Saudiyaning g'alabali odimda davom etishini taminlaydi.

Oradan bir oy o'tib ikkinchi davra bahslari boshlanadi. O'z maydonida Iroqni qabul qilgan guruhdoshlarimiz 2:1 hisobida raqibni mag'lubiyatga uchratishadi. Bu o'yinda Taysir Al Jassim bilan Nosir Al SHamroni gol muallifi bo'lishadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasining saralash bahslarida g'alaba qozona olmagan yagona o'yini safarda Xitoy bilan bo'lib o'tgandi. 36 ming muxlis qarshisida kechgan bahsda 0:0 qayd etiladi.

Va nihoyat, guruhdagi oxirgi uchrashuvni o'z maydonida Indozeziyaga qarshi o'tkazgan jamoa 1:0 hisobida zafar quchadi. O'yindagi yagona gol 87-daqiqada Favad Al Muvallad tomonidan kiritiladi. SHunday qilib Saudiya Arabistoni saralash o'yinlarida birortayam mag'lubiyatga uchramasdan Osiyo Kubogi-2015ga etib keldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика