Osiyo kubogi-2015 saralashi. O'zbekiston - Vetnam 3:1
15 okt 2013 19:59
Yangiliklar


Osiyo kubogi-2015 saralashi. O'zbekiston - Vetnam 3:1
Osiyo kubogi-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Vetnam uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston - Vetnam 3:1
Bosh hakam: Muhsin Turki (Eron)
Gollar: Sardor Rashidov, 68 - 1:0. Au Van Xoan (avtogol), 72 - 2:0. Nguen Xoang, 76 - 2:1.Igor Sergeev, 90+2 - 3:1.
O'zbekiston: 12.Eldorbek Suyunov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 6.Jasur Hasanov (23.Sardor Rashidov, 46), 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov, 11.Bahodir Nasimov (10.Igor Sergeev, 63), 15.Aleksandr Geynrix, 17.Sanjar Tursunov, 22.Ilhom Yunusov (14.Jamshid Iskanderov, 39).
Vetnam: 22.Nguen Tan Bin, 2.Au Van Xoan, 4.Nguen Van Bien, 6.CHau Le Puok Vin, 7.Sao Si Suong (3.Nguen Giya Tu, 67), 8.N.Duy (9.Li Kong Vin, 57), 10.Nguen Xoang, 11.Nguen An Duk, 12.Xyuin Kuok An, 18.P. Nxien, 19.Luong (21.Li Van Tang, 47).
Ogohlantirishlar: Nguen An Duk 31, Anzur Ismoilov 89.
Matnli translyaciya
90+3 daqiqa. O'yin tugadi. O'zbekiston Osiyo kubogi-2015 saralashi doirasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
90+2 daqiqa. Aziz Haydarovda qulay imkoniyat bo'ldi, ammo darvozabon to'pni qaytardi.
90+1 daqiqa. Jamshid Iskanderov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Igor Sergeev terma jamoadagi o'zining dastlabki golini urdi - 3:1.
90+1 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. IGOR SERGEEV!
89 daqiqa. Amalga oshirilgan jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi.
89 daqiqa. Ogohlantirish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov.
89 daqiqa. Denisovning qo'pol xatosidan so'ng raqiblar hujumga o'tib ketishdi. Ismoilov raqibni jarima maydoni yonida yiqitdi.
84 daqiqa. Nxien tomonidan yo'llangan zarbasidan so'ng to'pni Eldor Suyunov qiyinchilik bilan bartarf etdi.
82 daqiqa. Raqiblarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, Suyunov to'pni mushtlari bilan qaytarib yuborishdi.
80 daqiqa. O'yinni ko'rish uchun stadionga 5675 nafar tomoshabin keldi.
79 daqiqa. Hisob qisqargach o'yin tempi biroz tushdi.
76 daqiqa. CHap qanotdan tashkil eilgan hujumdan so'ng hisob qisqardi. Dastlab Nguen An Duk boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Suyunov qaytardi, ammo Nguen Xoang qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1.
75 daqiqa. Qanday imkoniyat! Denisov Sergeev bilan devor uslubida o'ynadi va markaziy hujumchi o'rnida paydo bo'ldi, ammo juda yaqin masofadan Vitaliy darvozaga aniq zarba bera olmadi.
72 daqiqa. Tursunov o'ng qanotda faol o'ynab to'pni darvoza yoniga yo'lladi, Geynrixdan o'tib ketgan to'pni himoyachi o'z darvozaga to'g'irlab qo'ydi - 2:0. Bu vaziyat o'yindan so'ng avtogol sifatida qayd etilishi yoki Geynrixga yozilishi mumkin.
72 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOL 2:0.
70 daqiqa. Geynrix o'yindagi ettinchi burchak to'pimizni amalga oshirdi, himoyachilar o'z o'rnida.
69 daqiqa. Xavfli vaziyat! Sergeev imkoniyatni boy berdi, Geynrixning zarbasidan so'ng to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
68 daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Sardor Rashidov chamasi 20 metrlardan chap oyog'i bilan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.
68 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. SARDOR RASHIDOV 1:0!
67 daqiqa. Xavfli vaziyat. Jeparovning pasidan so'ng Tursunov to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq.
66 daqiqa. O'zgarish. Vetnam. Sao Si Suong o'rniga Nguen Giya Tu tushdi
64 daqiqa. Tashabbus O'zbekiston tomonida, vaziyatlar, to'p uzatishlar juda ko'p, ammo aniq zarba yo'q.
63 daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Bahodir Nasimov o'rniga Igor Sergeev tushdi.
61 daqiqa. Iskanderov darvozaga zarba berdi, Geynrix to'pga oyog'ini qo'ya olmadi va darvozabon to'pni egallab oldi.
60 daqiqa. Yana bir imkoniyat! Bahodir Nasimov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Ammo u to'pni darvozabonni ustidan tashlab qo'yishda biroz no'noqlik qildi.
59 daqiqa. Xavfli vaziyat! Denisov chap qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga ichiga to'pni oshirdi, Rashidovning boshi bilan yo'llagan zarbasi qaytarildi. Keyingi vaziyatda Geynrixning zarbasi noaniq ketdi
57 daqiqa. O'zgarish. Vetnam. Nguen Duy o'rniga Li Kong Vin maydonga tushdi.
54 daqiqa. Duyning zarbasi xavfli chiqdi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Burchak to'pidan so'ng himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi.
53 daqiqa. Jamshid Iskanderovning pasidan so'ng Rashidov chap oyog'i bilan zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
51 daqiqa. Xavfli vaziyat. Tursunov to'pni o'ng qanotda jarima maydoniga uzatdi, Sardor Rashidov boshi bilan darvozaga noaniq tarzda yo'lladi.
49 daqiqa. Jamshid Iskanderov to'p uchun kurashda raqibni yiqitdi.
47 daqiqa. O'zgarish. Vetnam. Luong o'rniga Li Van Tang tushdi
46 daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
46 daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Jasur Hasanov o'rniga Sardor Rashidov tushdi. Rashidov uchun bu debyut o'yini.
45+5 daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+4 daqiqa. Vakillarimiz birinchi bo'lim oxirida ikki marta qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Birinchisida himoyachi sal qolsa o'z darvozaga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi, ikkinchisida esa burchakdan oshirilgan to'pni darvozaga qaytarib yubordi.
45 daqiqa. Jarima to'pini Jeparov amalga oshirdi. To'pni Nasimov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi va maydonga yotib oldi
45 daqiqa. Raqiblarni aldab o'tib ketayotgan Jamshidni qo'pollik bilan to'xtatishdi. Jarima to'pi.
44 daqiqa. Iskanderov to'pni Tursunovga oshirdi, Sanjar o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
43 daqiqa. Nasimov va Geynrix hujumga o'tishga urinishdi, ammo Sasha to'pni raqibdan o'tkaza olmadi, kamida unga qarshi qo'pollik ishlatdi.
42 daqiqa. Jeparov ketma ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi.
40 daqiqa. Xavfli vaziyat. Himoyachi to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytarishga urinib noqulay yiqildi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.
39 daqiqa. Geynrix burchakdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachi to'pni o'z darvozaga yo'lladi, ammo bu vaziyatda Jeparov raqibga nisbatan qo'pol o'ynagan deb topgan hakam golni inobatga olmadi.
39 daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Ilhom Yunusov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi.
38 daqiqa. Xavfli vaziyat. Jeparov jarima maydoni ichiga kirib borgan Hasanovga to'pni oshirdi, Jasurning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.
37 daqiqa. Maydonga Jamshid Iskanderov tushishga tayyorlanmoqda.
36 daqiqa. Ortda qolgan vaqt ichida ikkala darvozabon ham o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgani yo'q.
35 daqiqa. Jasur Hasanov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
34 daqiqa. Mehmonlar ikki daqiqa davomida to'pni jarima maydonimiz yonida ushlab turishdi, ammo vaziyat zarbaga etib borgani yo'q.
31 daqiqa. Ogohlnatirish. Vetnam. Nguen An Duk.
30 daqiqa. Xavfli vaziyat! Tursunov o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga kirib kelib zarba berdi, noaniq.
29 daqiqa. Mullajonov oldinda turgan Geynrixni ko'ra oldi, u to'pni Nasimovga, Bahodir esa Sashaga oshirdi. Geynrixning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
27 daqiqa. Geynrix o'ng qanotda raqibni aldash vaqtida texnik xatoga yo'l qo'yib to'pni yo'qotdi.
26 daqiqa. Denisov chap qanotdan oldinga o'tdi, u yo'l yo'lakay uchta futbolchidan o'tib ketdi va Hasanovga to'pni oshirdi. Jasurning pasidan so'ng Ilhom Yunusov darvozaga zarba berdi, noaniq.
24 daqiqa. Geynrix chap qanotdan to'pni Hasanovga uzatdi, ammo Jasur o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
23 daqiqa. Nasimov hujumda raqib himoyachisi Van Binni yiqitdi.
20 daqiqa. Vakillarimiz katta kuch bilan hujumga o'tishdi. Avvaliga Geynrix uch raqibni aldab jarima maydoniga kirishga urindi, keyin esa Jeparovning pasiga Nasimov eta olmadi.
18 daqiqa. Raqiblar sardorimizni yiqitishdi. Jarima to'pini Serverning o'zi amalga oshirdi. To'pni darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Hasanov egallab olib darvozaga zarba berdi, to'p yo'liga himoyachi o'zini tashlab xavfni baratraf etdi.
15 daqiqa. Jeparov chap qanotda to'pni egallab olib jarima maydoniga oshirdi, biroq bu to'p uzatilishi noaniq bo'ldi va to'p maydonni tark etdi.
13 daqiqa. Jeparov-Hasanov kombinaciyasidan so'ng Nasimov o'yindan tashqari holatda turib gol urdi, hakamlar bu golni hisobga olishmadi.
11 daqiqa. Vetnam jarima to'piga ega bo'ldi. Yo'llangan zarbadan so'ng to'pni Ismoilov boshi bilan qaytarib yubordi.
7 daqiqa. Ilhom Yunusov o'ng qanotda raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi
4 daqiqa. Jasur Hasanov chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib to'pni markazda turgan sheriklariga oshirdi. Jeparovning zarbasi o'xshamadi
3 daqiqa. Nguen Xoangning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
2 daqiqa. Ilhom Yunusov chap qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, juda noaniq.
1 daqiqa. Geynrix burchak to'pini amalga oshirdi, to'pni darvozabon egallab oldi.
1 daqiqa. Bugun Eldorbek Suyunov va Ilhom Yunusov milliy terma jamoa safidada ilk bor maydonga tushishdi.
18:00. Uchrashuv boshlandi!
17:55. O'zbekiston davlat madhiyasi!
17:54. Vetnam davlat madhiyasi.
17:53. Jamoalar maydonga tushib kelishdi
YANGILASH
WAP YANGILASH

Fikrlar