So’nggi yangiliklar

22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  3 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  5 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  10 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Yaponiya o'z tarixida ilk bor qitada tengsiz deb topildi.

Hisob bo'yicha o'ninchi Osiyo kubogiga Yaponiya mezbonlik qildi. Musobaqa 29 oktyabr–8 noyabr kunlari Hirosima va Onomichi shaharlaridagi 3 ta stadionda o'tkazildi.

1992 yilgi Osiyo kubgi birorta debyutant ishtirok etmagan dastlabki qita turniri bo'ldi. Musobaqada avvalgidek o'nta emas, balki sakkiz mamlakat — Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Eron, SHimoliy Koreya, Qatar, Tailand va BAA terma jamoalari ishtirok etdi. 

1988 yilgi Osiyo Kubogi finalchisi Janubiy Koreya terma jamoasi saralashda Tailandga yutqazib qo'yib sensacion tarzda qita chempionatiga chiqa olmadi. Mezbon Yaponiya va o'tgan musobaqa chempioni Saudiya Arabistoni avtomatik tarzda Osiyo Kubogiga yo'l olishdi.

Musobaqa mezboni — Yaponiya 1994 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan holda 1992 yilning mart oyida mamlakat tarixida ilk marotaba xorijlik murabbiy — niderlandiyalik Xans Oftni bosh murabbiy sifatida elon qiladi. Bu avgust oyidayoq o'z natijasini ko'rsata boshlaydi — jamoa Janubiy Koreya, Xitoy va SHimoliy Koreyani ortda qoldirib, "Dynasty Cup" turniri g'olibiga aylandi. SHundan so'ng barcha Yaponiyadan yil so'ngidagi o'tkazilidigan qita birinchiligida ham chempionlikni kuta boshladi. Biroq murabbiy Xans Oft matbuot anjumanlarida "Mening vazifam va jamoaning maqsadi — jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish, mazkur turnir esa mundial uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi", deya takidladi. 

SHuningdek, jamoa safida mahalliylashtirilgan xorijlik o'yinchi Ruy Ramos ham bo'lib, jamoa etakchilaridan biri asli braziliyalik hisoblangan va yoshligidan Yaponiya jamoalarida o'ynab kelgan. Turnir avvalida hatto ikki xorijlik bahslashib ham qoladi. Ramushga Oftning tartib-intizom borasidagi qarorlari yoqmaydi, niderlandiyalik mutaxassis esa "Agar men aytgan qoidalarga rioya qilmasang, terma jamoaga kelishing shart emas" deb javob qaytargan. SHundan so'ng vaziyat yumshagan.

Yaponiya musobaqa bilan guruh bosqichidayoq xayrlashishi mumkin edi. Jamoa dastlab BAA bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi, so'ngra SHimoliy Koreyaga qarshi bahsda 80 daqiqa davomida hisobda ortda borib, yakunda bir ochkoli bo'ldi. So'nggi turda esa ularni faqat g'alaba qoniqtirardi. 

Ularning bo'lg'usi raqibi Eron uchun esa durang ham kifoya edi. So'nggi turda hakamlar o'yin tizginini qo'ldan chiqarishi natijasida janjallarga boy bo'ldi. Oqibatda o'yin davomida Eronning jami uch nafar futbolchisi maydondan chetlatildi. Ularning aksariyati keyinchalik bir yilga diskvalifikaciya qilindi. Yaponiya esa Kazuyoshi Miuraning 85-daqiqada urgan goli evaziga pley-offga yo'l oldi.


Uchrashuvdan so'ng Miura NHK telekanaliga bergan intervyusida golga aylangan zarbani yo'llayotgan vaziyatda butun vujudini va yuragini oyoqlariga berganini aytib o'tdi.

Turnirning eng chiroyli gollari videosi

1990 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Eron kutilmaganda guruhda qolib ketdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ali Parvin faqatgina o'zi ishongan futbolchilarni terma jamoaga chaqirdi va uch tur davomida birorta o'zgarishni amalga oshirmadi. So'nggi turda raqobatchi BAAning ochko yo'qotishi ham Eronni keyingi bosqichga olib chiqardi. O'sha kuni Ali Parvin kim unga BAAning mag'lubiyati haqidagi xushxabarni etkazsa, o'sha kishiga 500 AQSH dollari hadya etishini aytdi. Biroq pul uning cho'ntagida qoladigan bo'ldi, sababi BAA SHimoliy Koreyani mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

"B" guruhida oxirgi ikki musobaqa g'olibi Saudiya Arabistoni peshqadam bo'ldi. Amaldagi chempionlar musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rishdi. Jumladan, Kamerunga qarshi o'rtoqlik o'yini tashkil etildi hamda arablar Konfederaciyalar kubogiga mezbonlik qilib, AQSH va Argentinaga qarshi maydonga tushdi. Hatto AQSH 3:0 hisobida mag'lub etildi. 

Biroq turnir avvalida jamoada ichki muhit havas qilarli darajada emasdi. Jumladan, nizolar sabab jamoa azosi Sami Al Jobir Yaponiyaga uchib ketish arafsida termadan chetlatilib, uning o'rniga Nosir Al Qahtoni jalb etildi. SHuningdek, yana bir qancha etakchilar turnirga bormadi.

Saudiyaliklar guruh bosqichidagi 3 o'yinda atigi bir g'alabaga erishdi. Xuddi shunday natija qayd etgan Xitoy ham yarim finalga yo'l oldi.


“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

1

2

0

2:1

4

BAA

3

1

2

0

2:1

4

Eron

3

1

1

1

2:1

3

KXDR

3

0

1

2

2:5

1

“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Saudiya Arabistoni

3

1

2

0

6:2

4

Xitoy

3

1

2

0

3:2

4

Qatar

3

0

2

1

3:4

2

Tailand

3

0

2

1

1:5

2


Yarim finalda Yaponiya Xitoyni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Saudiya Arabistoni esa BAAni dog'da qoldirdi. 

Uchinchi o'rin uchun bahsda Valeriy Lobanovskiy boshchiligidagi BAA terma jamoasi Xitoyga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygan edi - 3:4.

Yaponiyaning finaldagi raqibi so'nggi ikki Osiyo kubogida ketma-ket chempion bo'lgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi edi. Qolaversa, Xitoyga qarshi o'yindan maydondan chetlatilgan jamoaning asosiy darvozaboni Matsunaga bilan birga sariq kartochkalari ko'payib ketgan etakchi yarim himoyachi Moriyasu ham hal qiluvchi bahsni o'tkazib yuborishga majbur edi. SHunga qaramay, Yaponiya ishonchli harakat qilib, Takagining 36-daqiqada kiritgan to'pi evaziga o'z tarixida ilk marotaba Osiyo kubogi g'olibiga aylandi. 


Yarim final
Yaponiya - Xitoy 3:2
Gollar:
Fukuda 48, Kitazava 57, Nakayama 84 - Xie Yuxin 1, Li Xiao 70.

Saudiya Arabistoni - BAA 2:0
Gollar:
Ovayron 77, Al Bishi 80.

Uchinchi o'rin uchun bahs
Xitoy - BAA 1:1
Gollar
: Xao Xaydong 15 - Xolid Ismoil 10

FINAL
YAPONIYA - SAUDIYA ARABISTONI 1:0
8 noyabr 1992. Xirosima. "Xirosima Big Arch" stadioni. 60000 tomoshabin
Bosh hakam:
Jamol Al SHarif (Suriya)
Gol: Takuya Takagi 36.
Yaponiya: Kazuya Maekava, Masami Ixara, Satoshi Cunami, Tetsuji Xashiratani, Takumi Xoriike, Ruy Ramos, Cyuyoshi Kitazava, Mitsunori Yoshida (Toshinobu Katsuya, 86), Masaxiro Fukuda, Kazuyoshi Miura, Takuya Takagi.
Bosh murabbiy: Xans Ooft (Niderlandiya)
Saudiya Arabistoni: SHokir Al SHuja, Abdulloh Al Dosari, Abdul Rahmon Al Rumi, Muhammad Al Xilaivi, Salim Al Alavi, Fuad Anvar Amin, Fahad Al Bishi, Xolid Al Muvallad, Said Al Ovayron, Hamza Idris (Fahad Al Mehallel, 66), Yusuf Al Tunayan.
Bosh murabbiy: Nelsino Baptista (Braziliya)

Saudiyalik futbolchi Al Harifining takidlashicha, arablarning mag'lubiyatiga jamoada intizomning mavjud bo'lmagani sabab bo'lgan. Qolaversa, Saudiya Arabistoni bir oydan so'ng Fors ko'rfazi kubogi finalida ham Qatarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Yaponiyalik Kazuyoshi Miura musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Etiborlisi 56 yoshda bo'lgan Miura hamon futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda.

 Saudiya Arabistoni hujumchisi Fahad Al Bishi 3 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi.

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика