So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  20 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  7 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki ettita Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 


Navbat 1984 yilgi qita chempionatiga etib keldi.

1984 yilgi qita chempionati Singapurda tashkil etilgan. Bu musobaqada ham o'tgan safargidek 10ta jamoa ishtirok etdi va 5tadan jamoa ikki guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib borishdi.

Saralashda Yaponiya, Bahrayn, Livan, Iroq kabi mamlakat terma jamoalari qatnashishni istashmadi.

Hisob bo'yicha sakkizinchi Osiyo Kubogida Singapur, Quvayt, Xitoy, Hindiston, Eron, Qatar, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya va BAA terma jamoalari qatnashishdi. Dekabrda tashkil etilgan musobaqaning barcha o'yinlari Kallang shaharidagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tdi.

"A" guruhida Saudiya Arabistoni va amaldagi chempion Kuvayt yarim finalga chiqishgan. O'tgan musobaqa finalchisi Janubiy Koreya guruhda hech bir o'yinda yuta olmay ko'pchilikni ajablantirib qo'ydi.

"B" guruhida esa Xitoy hamda Eron dastlabki ikki o'rinni egallab yarim finalga yo'l olishdi. Mezbon Singapur faqat bitta bahsda g'alaba qozondi xolos.

Yarim finalda Saudiya Arabistoni Eron bilan to'qnash keldi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad Saudiya Arabistoniga kulib boqdi va ushbu terma jamoa o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi finaliga chiqdi.

Ikkinchi yarim finalda Xitoy va amaldagi chempion Kuvayt o'zaro hisob-kitob qilishdi. Bu uchrashuvning ham asosiy vaqtida durang qayd etildi - 0:0. Qo'shimcha taymlarda xitoylik Li Xuayun gol urib Xitoyni ilk bor Osiyo Kubogi finaliga olib chiqdi.

Finalda arablar 26000 tomoshabin qarshisida 2:0 hisobida g'alaba qozonib ilk bor qitada chempion bo'lishdi. Etiborlisi Saudiya Arabistoni aynan mana shu Osiyo Kubogida debyut qilgan va yakunda chempion bo'lgandi.



Osiyo Kubogi-1984
Mezbon mamlakat: 
Singapur
Muddati: 1–16 dekabr
Jamoalar soni: 10ta
Mezbon shahar: 1ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
24ta
Gollar soni: 44ta (o'rtacha 1,83tadan)
To'purarlar: Jia Ksiukuan (Xitoy), SHoxrux Bayani (Eron), Nosir Muhammadxani - 3tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: Jia Ksiukuan (Xitoy)
Eng yaxshi darvozabon: Abdulloh Al Deayya (Saudiya Arabistoni)
“Feyr pley” sovrini: Xitoy


“A” guruhi

#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Saudiya Arabistoni

4

2

2

0

4-2

6

2

Quvayt

4

2

1

1

4-2

5

3

Qatar

4

1

2

1

3-3

4

4

Suriya

4

1

1

2

3-5

3

5

Janubiy Koreya

4

0

2

2

1-3

2


“B” guruhi

#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Xitoy

4

3

0

1

10-2

6

2

Eron

4

2

2

0

6-1

6

3

BAA

4

2

0

2

3-8

4

4

Singapur

4

1

1

2

3-4

3

5

Hindiston

4

0

1

3

0-7

1

 

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan. 



Yarim finallar
Saudiya Arabistoni – Eron 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar:
SHahin Bayani 88 avtogol – SHoxrux Bayani 43

Xitoy – Quvayt 1:0
Gollar:
Li Xuayun 108


3-o'rin uchun o'yin
Eron – Quvayt 1:1 (penaltilar seriyasi 3:5)
Gollar: 
Muhammadxani 80 – Al Haddad 26


FINAL
Saudiya Arabistoni – Xitoy 2:0
16 dekabr 1984. Singapur. “Milliy” stadion. 26 000 tomoshabin
Hakam: 
SHiziuo Takada (Yaponiya)
Gollar: Al Nafisah 10, Abdulloh 56



Osiyo Kubogi-1984 chempion tarkib
Darvozabonlar

Abdulloh Al Deayya
Muhammad Al Husayin

Himoyachilar

Nosir Al Meavid
Hussayin Al Bishi
Samir Abdulshokir
Solih Nueimeh
Muhammad Abd Al Javad
Salmon Al Dosari

Yarim himoyachilar
Yahyo Amir
Fahad Al Musaibeah
Yusuf Anbar
Solih Xalifa
Bandar Al Nakli

Hujumchilar
SHaye Al Nafisah
Yusuf Aboloya
Majid Abdulloh
Muhaisen Al Jaman
Musaid Ibrohim
Bosh murabbiy: Halil Al Zayani (Saudiya Arabistoni)


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика