So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Turnir davomida ilk marotaba ramziy terma jamoa tuzildi.

Ettinchi Osiyo kubogi 1980 yilning 15–30 sentyabr kunlari Quvaytning "Sabah al Salim" stadionida o'tkazildi. 

Turnirda o'nta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib bordi. Saralashda turli sabablarga ko'ra Yaponiya, Vetnam, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Iroq, Hindiston, Pokiston va boshqa terma jamoalar qatnashishmagan.

Musobaqada Kuvayt, Eron, Bangladesh, Xitoy, Malayziya, KXDR, Qatar, Janubiy Koreya, Suriya va BAA terma jamoalari ishtirok etishdi. 


Kuvayt XX asrning 70 yillaridan boshlab kuchaya boshladi. Dastlab jamoaga Braziliyani jahon chempionligi sari etaklagan Mario Zagallo bosh murabbiy etib tayinlandi va jamoa bilan birga 1978 yilgi Osiyo kubogida finalga qadar etib bordi.

O'sha yili jamoaga boshqa braziliyalik mutaxassis Karlos Alberto Parreyra olib kelindi. Uning davrida Kuvayt futboli yanada gurkiradi. SHunga qaramay, mezbonlar guruh bosqichidayoq musobaqani tark etishi mumkin edi. Ilk o'yinni BAAga qarshi durang bilan boshlagan kuvaytliklar keyingi o'yin Malayziyani mag'lub etdi, biroq 3-turda Janubiy Koreyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Oxirgi turdagi raqib Qatarni durang natija ham keyingi bosqichga olib chiqardi, biroq ishonchli harakat qilgan Parreyra shogirdlari yirik hisobda zafar quchib, guruhda ikkinchi o'rinni egallagan holda yarim finalga yo'l oldi.

Guruh g'olibi Janubiy Koreya ham musobaqani Malayziyaga qarshi durang bilan boshladi va keyinchalik boshqa raqiblarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Mazkur turnir ilk bor Koreyada televidenie orqali jonli efirda namoyish etildi.

Ketma-ket uch karra qita chempioni bo'lgan Eron terma jamoasi mamlakatdagi notinch vaziyat tufayli musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'ra olmagan. Forslar dastlab Suriya, so'ngra Xitoy bilan durang o'ynadi. 

Xitoyga qarshi o'yindan bir kun o'tib, Eron–Iroq urushi boshlandi. Iroq jangchilari Eronning muhim obektlarini nishonga olgani uchun futbolchilarning oilalari bilan aloqa tizimi uzilib qolgan va ular o'z oilalaridan bexabar edi. Terma jamoa lageridagi muhit nihoyatda chigal edi, futbolchilar Osiyo kubogida qatnashishni istamay, Eronga qaytishga qaror qilishdi.

Futbolchilar turnir yarmida bosh murabbiy Hasan Habibidan Eronga qaytishni so'rashgan, biroq yuqori tashkilotlar jamoaning musobaqani tark etishiga qarshi chiqqan. Natijada o'yinchilar Bangladeshga qarshi o'ynashga majbur bo'ldi. SHunga qaramay, eronliklar raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi.

"A" guruhi
KXDR – Bangladesh 3:2
Gollar:
CHoi Jae Pil 44, 45, Kim Jong Man 90 – CHunnu 60, Salohiddin 88.

Eron – Suriya 0:0

KXDR – Xitoy 2:1
Gollar:
Kim Bok Man 20, 40 – Li Fubao 7

Bangladesh – Suriya 0:1
Gol
: Keshek 7

Xitoy – Eron 2:2
Gollar:
CHen Jingang 74, Kai Jinbiao 89 – Ali Do'sti 35, Fariba 70



Bangladesh – Eron 0:7
Gollar
: Fariba 11, 34, 80, 82, Roshan 21, Barzegari 27, 87



Suriya – Xitoy 1:0
Gol:
Keshek 86

Eron – KXDR 3:2
Gollar
: Ali Do'sti 27, Danaeifard 57, Fariba 60 – Xvang Sang Xoi 68, Pak Jong Xun 90

Xitoy – Bangladesh 6:0
Gollar:
SHen Xiangfu 3ta, Xu Yonglai 3ta.

KXDR – Suriya 2:1
Gollar:
Kim Bok Man 33, Pak Jong 55 - Sulaymon 44


#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

4

2

2

0

12-4

6

2

KXDR

4

3

0

1

9-7

6

3

Suriya

4

2

1

1

3-2

5

4

Xitoy

4

1

1

2

9-5

3

5

Bangladesh

4

0

0

4

2-17

0

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.

"B" guruhi
BAA – Kuvayt 1:1
Gollar:
CHombi 35 – Al Xuti 19

Janubiy Koreya – Malayziya 1:1
Gollar:
CHoi Sun Xo 69 – Hamza 90



Qatar – BAA 2:1
Gollar:
Mufta 50, 60 – Al Xajri 58

Kuvayt – Malayziya 3:1
Gol
: Kamil 20, Yoqub 53, 77 – Hamza 44

Qatar – Janubiy Koreya 0:2
Gollar
: Li Jung Il 7, CHoi Sun Xo 21

Malayziya – BAA 2:0
Gollar:
Alif 32, Bahari 89

Kuvayt – Janubiy Koreya 0:3
Gollar:
Xvang Seok Keun 47, CHoi Sun Xo 71, 78

Malayziya – Qatar 1:1
Gol:
Bahari

Janubiy Koreya – BAA 4:1
Gollar:
CHoi Sun Xo 26, 53, 78, Jung Xae Von 84 – CHombi 79

Kuvayt – Qatar  6:0
Gollar:
Al Dohil 32, 57, Yoqub 50, Al Anbari 66

#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Janubiy Koreya

4

3

1

0

10-2

7

2

Kuvayt

4

2

1

1

8-5

5

3

Malayziya

4

1

2

1

5-5

4

4

Qatar

4

1

1

2

3-8

3

5

BAA

4

0

1

3

3-9

1

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.

Yarim finalga bir kun qolganda Eronga hujum natijasida futbolchi Hasan Roshanning ukasi halok bo'lgani to'g'risidagi noxush xabar etib keldi. Bu ham yarim finalda o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi: Eron Kuvaytga imkoniyatni boy berib qo'ydi va jamoaning 17 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi.

Bangladesh darvozasiga to'rtta to'p kiritgan Behtosh Fariba o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi:

"Restoranda Kuvayt televideniesini ko'rayotgan edik, to'satdan ko'rsatuv uzilib qoldi va Iroqning Eronga hujum qilgani to'g'risida xabar berildi. Oqbotan shahri, Mehrobod aeroporti, Obodon va Ahvaz er bilan yakson qilingani haqida eshitdik. Uy bilan bog'lanish uchun telefon qidirib o'rnimizdan sakrab turdik, biroq Eron bilan aloqa liniyalari uzilib qoldi".

Pley-offning ikkinchi juftligida esa ikki Koreya to'qnash keldi. Murosasiz va jangovar ruhda kechgan bahsning 80 daqiqasi davomida shimolliklar hisobda oldinda borayotgandi. Biroq Janubiy mintaqa vakillari iroda namoyish etib, so'nggi daqiqalarda ikkita gol urdi va g'alabani o'z tomoniga og'dirib qoldi. SHunga qaramay, final oldidan Janubiy Koreyaning 9 nafar futbolchisi jarohat oldi. Bu esa musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida jamoa zarariga ishladi.

Guruh bosqichida Janubiy Koreyadan javobsiz uchta to'p qabul qilib olgan Kuvayt finalda xuddi shuncha javob qaytarib, titulga ega chiqdi. 

Vataniga qaytgach, Janubiy Koreya terma jamoasi uchun aeroportdan Seul shahri markaziga qadar avtoparad o'tkazildi. Ikkinchi o'rinni egallaganidan keyin avtoparad o'tkazish milliy terma jamoa tarixida kuzatilmagan. Bu jarayon SHimoliy Koreya mag'lub etilgani uchun tashkillashtirilgandi.

Yarim final
Eron – Kuvayt 1:2
Gollar:
Faraki 90 – Yoqub 63, Al Dohil 85



Janubiy Koreya – KXDR 2:1
Gollar:
CHoi Jong Duk 80, Jung Xae Von 89 – Park Jong Xun 19 penalti

Uchinchi o'rin uchun bahs
Eron – KXDR 3:0
Gollar:
Fariba 49, Faraki 66, 76

FINAL
Kuvayt - Janubiy Koreya 3:0
30 sentyabr 1980. Kuvayt Siti. "Sabah Al Salim" stadioni. 25000 tomoshabin
Bosh hakam:
Sudarso Xardjovasito (Indoneziya)
Gollar: Al Huti 8, Al Dohil 34, 69



Eron futbolchisi Behtosh Fariba musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. SHuningdek, u turnir davomida 7 ta gol urib, Janubiy Koreya vakili CHoi Sun Ho bilan bir xil natija qayd etdi.

Behtosh Fariba (Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi va to'purarlaridan biri): "Individual jihatdan ushbu turnir men uchun yomon o'tmadi va ettita gol urishga muvaffaq bo'ldim. Lekin mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqealar tufayli biz musobaqa davomida futbol emas, faqat oilamiz haqida o'yladik".

G'olib va sovrindorlarni Kuvayt shahzodasi va tashkiliy qo'mita raisi taqdirladi. SHuningdek, g'olib jamoaga Kuvayt Olimpiya qo'mitasi tomonidan 20 ming Kuvayt dinori (taxminan 65 ming AQSH dollari) sovg'a qilindi.

Turnir ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Nosir Xijozi (Eron)

Himoyachilar: Naim Saad (Kuvayt), So CHin Aun (Malayziya), Mahbub Zuma (Kuvayt), Mehdi Dinbarzade (Eron)

Yarim himoyachilar: Abdulrizo Barzegari (Eron), Saad Al Xoti (Kuvayt), Li Yon Mu (Janubiy Koreya)

Hujumchilar: CHxve Sun Xo (Koreya), Faysal Al Dakili (Kuvayt), Jassim Yoqub (Kuvayt).

Turnirdan so'ng murabbiy va futbolchilar intervyu berishdi.

Karlos Alberto (Kuvayt bosh murabbiyi): "Nima deyishim mumkin? Bu eng baxtli lahzalardan biri hisoblanadi. SHogirdlarim aqlbovar qilmas o'yin namoyish etishdi. Yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi. Turnir avvalida ko'plab tanqidlarga uchradik, chunki jamoa so'nggi o'yinlarda sekin-asta o'z darajasini tiklay boshladi. Final esa zo'r o'tdi. Koreya termasining to'pni nazorat qilishiga yo'l qo'ymadik. Ularga qarshi guruh bosqichiga qaraganda boshqacha reja qo'lladik. Uchrashuvni kim kuzatgan bo'lsa, xotirjam o'yin namoyish etganimizni guvohi bo'lgan. Koreyaning kuchli jihatini o'ziga qarshi qo'llashga harakat qildik. Umuman olganda, biz xursandmiz. Bu uzoq vaqtdan beri mehnat qilib kelayotgan har bir insonning say-harakatlari samarasi deyishimiz mumkin. Barchani chempionlik bilan muborakbod etaman".

Kim Jung Nam (Janubiy Koreya bosh murabbiyi): "Kuvayt terma jamoasi g'alaba va chempionlikka loyiq edi. Ular bizdan kuchliroq o'yin namoyish etishdi. Jamoada charchoq alomatlari ko'zga tashlandi va raqib hujumlarini noto'g'ri baholash holati kuzatildi. Kuvaytning 6-raqamli (Saad al Huti) futbolchisining o'yiniga qoyil qoldim. Bazi o'yinchilarimiz o'ziga biriktirilgan raqibini qo'riqlashni ununtib qo'ydi. Men hakamni ayblamoqchi emasman, lekin u o'yinni yaxshi boshqara olmadi va noto'g'ri qarorlar chiqardi".

Hasan Habibi (Eron terma jamoasi bosh murabbiyi): "Kuvayt terma jamoasi chempionlikka loyiq edi, chunk ular bizga va Janubiy Koreyaga qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi. Ular koreyslarga qaraganda jismonan kuchliroq va tezkorroq ekanligini ko'zga tashlandi. Kuvayt shu ruhda o'ynashda davom etsa, jahon chempionatida ham munosib ishtirok eta oladi".

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика