So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  9 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki besh Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat


Navbat 1976 yilgi Osiyo Kubogiga etib keldi.

1976 yilgi qita chempionati Eronda bo'lib o'tgan. SHunday qilib Eron ikkinchi bor musobaqani qabul qilgan dastlabki mamlakatga aylandi. Bu chempionat xuddi o'tgan chempionat kabi ikki guruhli va pley-off uchrashuvlaridan iborat bo'ldi. Hisob bo'yicha oltinchi Osiyo Kubogida Eron, Xitoy, Iroq, Kuvayt, Malayziya hamda Janubiy Yaman terma jamoalari qatnashishdi. Aslida bu musobaqada KXDR, Saudiya Arabistoni va Tailand ham ishtirok etishi kerak edi. Biroq saralashda muvaffaqiyatli o'tgan bu uch terma jamoa Eronga kelishni istashmadi.

Yozning ilk oyida tashkil etilgan musobaqa o'yinlari Tabriz va Tehron shaharlarida bo'lib o'tdi.

Finalda mezbonlar Kuvayt terma jamoasi bilan kuch sinashishdi. Takidlash lozimki, ushbu musobaqada Eron 4ta o'yin o'tkazgan va ularning hech birida gol o'tkazmagan. Finalda bugungi kunda murabbiy bo'lib ishlayotgan Ali Parvin tomonidan Kuvayt darvozasiga jarima to'pidan keyin urilgan gol Eronga ketma-ket uchinchi chempionlikni keltirdi. Hozirga qadar hech bir davlat Osiyo Kubogini ketma-ket uch marta qo'lga kiritmagan. Bu borada Eron mutloq rekordchi hisoblanadi. Biroq o'sha Osiyo Kubogidan so'ng forslar chempion bo'lish tugul finalga ham chiqa olishmayapti.



Osiyo Kubogi-1976
Mezbon mamlakat
: Eron
Muddati: 3 – 13 iyun
Jamoalar soni: 6ta
Mezbon shaharlar: 2ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni: 
10ta
Gollar soni: 25ta (o'rtacha 2,5tadan)
To'purarlar: G'ulom Hussayin Mazlumi (Eron), Nosir Nouraei va Fathi Kamol (Kuvayt) - 3tadan gol


“A” guruhi
Kuvayt – Malayziya 2:0
Gollar
: Al Anbari 10, Al Dohil 42

Xitoy – Malayziya 1:1
Gollar
: Vang Jilian 58 – Dahari 50

Kuvayt – Xitoy 1:0
Gollar: 
Kamol 1

#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Kuvayt

2

2

0

0

3-0

4

2

Xitoy

2

0

1

1

1-2

1

3

Malayziya

2

0

1

1

1-3

1

 

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.



“B” guruhi
Eron – Iroq 2:0
Gollar
: Nouraei 45, Roshan 58

Iroq – Janubiy Yaman 1:0
Gollar
: Vaal 84

Eron – Janubiy Yaman 8:0
Gollar: 
Azizi 17, 73, Nouraei 40, 42, Xurshidi 45, Mazlumi 63, 74, 80

#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

2

2

0

0

10-0

4

2

Iroq

2

1

0

1

1-2

2

3

Janubiy Yaman

2

0

0

2

0-9

0


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.


Yarim final
Kuvayt – Iroq 3:2
Gollar
: Ibrohim 11, Kamol 77, 100 – Abdul Jalil 46, Hassan 85

Eron – Xitoy 2:0
Gollar
: Xurshidi 100, Roshan 119

Uchinchi o'rin uchun bahs  
Iroq – Xitoy 0:1
Gol:
Xe Jia 61

FINAL
Kuvayt – Eron 0:1
13 iyun 1976. "Aryamehr" stadioni. 112000 tomoshabin
Bosh hakam:
Jan Dubach (SHveycariya)
Gollar: Ali Parvin 71
Kuvayt: Ahmad Al Tarabulsi, Solih Al Safur, Abdulloh Al Mayuf, Mahbub Juma, Ibrohim Al Durahim, Faruq Ibrohim, Saad Al Xuti, Hamad Bu Humad, Fathi Kamil, Faysal Al Dohil, Muhammad Abdulloh
Bosh murabbiy: Mario Zagallo

Eron: Mansur Rashidi, Hassan Nazari, Bijan Zolfagxarnasab, Nasrollah Abdullohi, Andranik Eskandarian, Ali Parvin, Parviz Gelichkani, Ibrohim Qosimpur, Alirizo Xurshidi, Nossir Nuraei (G'ulom Hussayin Mazlumi, 55), Hassan Rovshan
Bosh murabbiy: Heshmat Mohajerani



Osiyo Kubogi-1976 chempion tarkib
Darvozabonlar

Mansur Rashidi
Mehdi Asqarxoni

Himoyachilar
Hassan Nazari
Bijan Zolfagxarnasab
Nasrulloh Abdullohi
Andranik Iskandarian
Hassan Nayebaga
Sahamiddin Mirfakxrai

Yarim himoyachilar
Ali Parvin
Parviz Gelichkani
Ibrohim Qosimpur
Muhammad Sodig'i
Alirizo Azizi
Garnik SHahbandari

Hujumchilar
Alirizo Xurshidi
Nossir Nuraei
G'ulom Hussayin Mazlumi
Hassan Rovshan


1976 yilgi Osiyo Kubogi finalida urilgan yagona golni tomosha qiling: 

TAS-IX


 



TAS-IX Emas



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика