So’nggi yangiliklar

01:20Қозоғистон УЕФА президентининг ташрифига тайёргарлик кўрмоқда  1 00:59Миржалол Қосимов: "Кечирасиз, кейинги ўйинимиз чемпионат доирасида бўлиб ўтади, кубок эмас"  1 00:27Ла Лига. "Реал Мадрид" "Хетафе" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)   4 00:05Рўзиқул Бердиев: "Биринчи бўлимдаги ҳисоб ортиқча хотиржамлик берди"  4 23:45"Бавария" Чемпионлар лигасидан чиқиб кетганидан сўнг янги марказий ҳимоячи изламоқда  5 23:30АПЛ. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар маълум!  2 23:25А Серия. “Парма” ўз уйида “Ювентус”ни мағлубиятга учратди  6 23:22Италия кубоги. "Интер" – "Милан" (онлайн ҳисоб)   7 23:04Улуғбек Бакаев: "Мен учун ёш ўйинчи деган тушунча йўқ. "Навбаҳор"га қарши ғалаба учун майдонга чиқамиз"  5 22:35БАА. "Ал Батеҳ" "Ал Васл"га ютқазган ўйинда Ғаниев ассист қайд этди  0 22:30Тебас лавозимидан четлатилиши мумкинлигинидан хавотирланмаяпти. "Реал" Ла Лига президенти устидан шикоят киритганди  3 22:14Ўзбекистон Кубоги. Олмалиқдаги "отишма"да ОКМК камбэк эвазига "Насаф"дан устун келди  76 22:00"Ман Сити" Коштани 40 миллион еврога имзолашга умид қилмоқда  3 21:40Рэшфорднинг келажаги мавсум якунлангач маълум бўлади  0 20:45"Барселона" ўз бош мураббийи билан янги шартнома бўйича келишувга эришди  0

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi Yangiliklar

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Musobaqada ilk bor final uchrashuvi o'tkazildi.

1972 yilgi qita chempionati Tailand mamlakatida bo'lib o'tgan. Ushbu musobaqa saralashida Yaponiya, Xitoy va boshqa bir qator jamoalar qatnashishni istashmagan. CHempionat oldingilaridan farqli ravishda ikki guruhdan va pley-off uchrashuvlaridan iborat bo'lgan.

Tarixda ilk bor Osiyo Kubogi g'olibi final uchrashuvidan so'ng malum bo'lgan. Bundan tashqari ilk bor uchinchi o'rin uchun o'yin ham o'tkazilgan.

Musobaqa mezbonligi dastlab Isroilga berilgandi va final bosqichida 8 mamlakat ishtirok etishi rejalashtirilgandi.

1967 yilgi Isroil-Falastin urushidan keyin turli geosiyosiy muammolar va boshqa sabablar tufayli Isroildan mezbonlik olib qo'yildi, jamoa esa musobaqada ishtirok etmasligini bildirdi. SHunday so'ng qita turniriga mezbon tanlash muammosi yuzaga keldi. OFK baxtiga, Tailand to'satdan turnirga mezbonlik qilish istagini bildirdi.

Tarixda ilk bor Osiyo Kubogi g'olibi final uchrashuvidan so'ng malum bo'lgan. Bundan tashqari ilk bor uchinchi o'rin uchun o'yin ham o'tkazilgan.

Bu safar musobaqada mezbonlardan tashqari amaldagi chempion Eron, Kuvayt, Janubiy Koreya, Iroq va Xmer Respublikasi (hozirgi Kambodja) terma jamoalari ishtirok etishdi. 7–19 may kunlari bo'lib o'tgan chempionatning barcha o'yinlari Bangkok shahridagi “Milliy” stadionda bo'lib o'tgan.

Tarkiblar

Eron: Bahrom Mavaddat, Nosir Xijazi, Jafar Kashani, Mustafo Arab, Ibrohim Ashtiani, Akbar Kargarjam, Parviz Qilichxoni, Mehdi Munojoti, Javod Gorab, Majid Xalvai, Ali Parvin, Ali Jabbori, Asqar SHarafi, G'ulom Husayn Mazlumi, Humoyun Behzodi, Husayn Kalani, Safar Iranpak

Bosh murabbiy: Parviz Dexdari


Iroq: Sattor Xalaf, Jalol Abdul Rahmon, Obid Kadxim, Duglas Aziz, Mejbel Fartus, Sohib Xazal, Majid Ali, Abdul Hamid, Majid Zuvayr, Saloh Ibrohim, SHidrak Yusuf, Riyad Nuri, Xazem Jassam, SHomil Komil, Ali Kadxim, Sabax Xatim, Ammo Yusuf Ahmad Fathi

Bosh murabbiy: Abdulloh Muhammad Hassan


Kxmer Respublikasi (hozirgi Kambodja): Lim Sak, Lors Saraxan, Xik Sarim, Tol Kimchi, Sok Ronn, Sleyman Salim, Tes SHon, Douk Milador, Deur Soxom, Sok Sun Xin, Sea CHung Ing, Nixim Sokol, Dam Falla, Tuy Kxat


Kuvayt: Ahmad Al Tarabulsi, Husayn Yusuf, Ibrohim Durayhim, Solih Abdulla, Husayn Al Assusi, Bakir Abdullatif, Ali Rifai, Abdulla Al Asfur, Issa Al Jassos, Abdulla Al Essa, Abdulla Al Salim, Xamad Bu Xamad, Muhammad Sulton, Muhammad Nadar, Abdulhamid Xammad, Abdulkarim Nassar, Fayyoz Marzuk, Javod Xalaf, Abbos Karam, Ahmad Al Najdi

Bosh murabbiy: Lyubisha Brochich (Serbiya)


Janubiy Koreya: Kvon I-un, Li Se Yon, Pak Yon Te, Kim Xo, Ko CHje Uk, Li CHa-man, CHung Xo Son, Pak Su Dok, Li Xo Tayk, Kim Jin Kuk, Kim Kyon CHjun, No Xin Sub, Pak Li CHon, Xvan Je Man, Kim Xo Kon, Bum-kun, Xan San-ki, Lim Te CHju, Kim In Kvon, CHoy San CHul

Bosh murabbiy: Pak Byon Sok


Tailand: Saravut Partipakoranchay, Sunan Masaravatt, CHumpol Ruangrung, Narong Sankasuvan, CHiravat Pimpavatin, Supakiy Melarpkiy, Pullop Maklamtong, CHatchay Paxolpat, Ich Narding, Nivatana Sesavasdi, Prapon Tantariyanot, Pririt Pungdi, Preecha Kitboon

Bosh murabbiy: Gyunter Glomb (Germaniya)

Guruhlarga ajratish uchun saralash o'yinlari
Janubiy Koreya – Iroq 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)
Eron – Xmer Respublikasi 2:0
Tailand – Quvayt 0:2


“A” guruhi
Eron – Iroq 3:0
Gollar:
Kaloni 34, 70, 87

Tailand – Iroq 1:1
Gollar:
Meelarpkit 57 – Yusuf 6

Tailand – Eron 2:3
Gollar:
Tantariyanond 69, 70 – Jabbori 80, 86, 88

#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

2

2

0

0

6-2

4

2

Tailand

2

0

1

1

3-4

1

3

Iroq

2

0

1

1

1-4

1

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.

“B” guruhi
Janubiy Koreya – Xmer 4:1
Gollar:
Park Su Dek 37, Li Xoi Tek 59, CHa Bum Kun 69, Park Li CHun 78 – Doeur Sokxom 82.

Janubiy Koreya – Quvayt 1:2
Gollar:
Park Li CHun 2 – Sulton 25, Duraixam 73

Xmer – Quvayt 4:0
Gollar:
Doeur Sokxom 23, Sok Sun Xan 56, Tes Sen 59, Sea CHeng Eang 80

#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Janubiy Koreya

2

1

0

1

5-3

2

2

Xmer Respublikasi

2

1

0

1

5-4

2

3

Quvayt

2

1

0

1

2-5

2

* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.

Yarim final
Eron – Xmer 2:1
Gollar
: Iranpak 13, Gelichkani 47 – Doeur Sokxom 18

Janubiy Koreya – Tailand 1:1 (penaltilar seriyasi 2:1)
Gollar:
Park Li CHun 115 – Tantariyanond 98

Uchinchi o'rin uchun bahs  
Xmer – Tailand 2:2 (penaltlar seriyasi 3:5)
FINAL
Eron – Janubiy Koreya 2:1
17 may 1972. Bangkok. “Milliy” stadion. 15000 tomoshabin
Bosh hakam:
Sivapalan Katxiravale (Malayziya)
Gollar: Jabbori 48, Kaloni 108 – Park Li CHun 65


Finalda ikki karra Osiyo chempioni Janubiy Koreya va amaldagi g'olib Eron terma jamoalari to'qnash kelishgan. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan. Qo'shimcha taymlarda forslar g'alaba to'pini kiritib ketma-ket ikkinchi bor qitamizda tengsiz bo'lishgan. Eronlik Hussayin Kaloni 5ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi. Ibrohim Ashtiani esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Etiborli jihati, Eron chempionlikni avvalgi musobaqadagi singari 19 may kuni qo'lga kiritdi. SHu bois, ushbu sana mamlakatda bayramdek nishonlanadi.

Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика