So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  2 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki uchta Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil


Navbat 1968 yil Eron mamlakati mezbonlik qilgan, hisob bo'yicha 4-Osiyo Kubogiga etib keldi.

Dastlabki uchta chempionatda 4tadan jamoa ishtirok etgan bo'lsa Erondagi musobaqada 5ta terma jamoa qatnashdi. Mezbonlardan tashqari qita chempionatida Burma (hozirgi Myanma), Isroil, Xitoy va Gonkong terma jamoalari Osiyo Kubogi uchun kurashishdi. Saralash bosqichi oldingilari kabi barcha uchun teng bo'lmagan. Masalan Xitoy Osiyo Kubogiga chiqish uchun Yaponiya, Janubiy Koreya kabi jamoalarni ortda qoldirgan bo'lsa, Isroil terma jamoasi hech qaysi jamoa bilan o'ynamay turib yo'llanmaga ega chiqqan.

May oyida bo'lib o'tgan musobaqa o'yinlari Tehron shahridagi "Amjadieh" stadionida bo'lib o'tgan.

Forslar o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etib, barcha 4ta o'yinda g'alaba qozonib qita chempioni bo'lishgan. Qizig'i bundan oldingi ikkita chempionatda ham mezbon davlat yakunda chempion bo'lgandi. Ushbu Osiyo Kubogi guruh formatida o'tkazilgan va final o'yini bo'lmagan oxirgi musobaqa bo'ldi. Undan keyingi barcha qita chempionatlarida final o'yinlari o'tkazilgan.

Osiyo Kubogi-1968
Mezbon mamlakat
: Eron
Muddati: 10 – 19 may
Jamoalar soni: 5ta
Mezbon shaharlar: 1ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
10ta
Gollar soni: 32ta (o'rtacha 3,2tadan)
To'purarlar: Humoyun Behzodi (Eron), Moshe Romano (Isroil), Giora Spiegel (Isroil) - 4tadan gol




Osiyo Kubogi-1968 barcha o'yinlar
10 may
Eron – Gonkong 2:0
Gollar:
Behzodi 70, Jabbori 88

11 may
Xitoy – Burma 1:1
Gollar
: Lim Lu SHur 63 – Maung Xla Xtay 13

12 may
Gonkong – Isroil 1:6
Gollar: 
Yuan Kuan Yik 76 – Spiegler 9, 63, Spiegel 52, 65, Romano 61, 71.

13 may
Eron – Xitoy 4:0
Gollar
: Behzodi 31, Kalani 34, Iftixori 51, Farzami 56

15 may
Gonkong – Xitoy 1:1

16 may
Burma – Eron 1:3
Gollar
: Aung Xi 50 – Kalani 2, Iftixori 60, Behzodi 71.

17 may
Isroil – Xitoy 4:1
Gollar: 
Romano 2, 60, Rosental 70, Spiegel 76 – Lu Xuan Ven 45+1

18 may
Burma – Gonkong 2:0

19 may
Eron – Isroil 2:1
Gollar
: Behzodi 75, Gelichkani 86 – Spiegel 56.


#

Osiyo Kubogi-1968

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

4

4

0

0

11-2

8

2

Burma (Myanma)

4

2

1

1

5-4

5

3

Isroil

4

2

0

2

11-5

4

4

Xitoy

4

0

2

2

3-10

2

5

Gonkong

4

0

1

3

2-11

1


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.



Osiyo Kubogi-1968 chempion tarkib
Darvozabonlar

Aziz Asli
Faramarz Zelli

Himoyachilar
Mehrob SHohruxi
Jafar Kashani
Hassan Habibi
Mustafo Arab

Yarim himoyachilar
Abdulloh Saidi
Karo Xaqverdian
Fariborz Ismoili
Parviz Gelichkani
G'ulom Hussayin Farzami
Ali Jabbori

Hujumchilar
Asqar SHarafi
Hussayin Kalani
Akbar Eftekari
Humoyun Behzodi



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика