So’nggi yangiliklar

19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  1 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  2 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  4 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki ikki Osiyo Kubogi haqida malumot berdik. Bugun 1964 yil Isroilda bo'lib o'tgan qita chempionati haqida gaplashamiz. Ushbu Osiyo Kubogi 4ta jamoa ishtirok etgan eng so'nggi musobaqa bo'ldi.

Osiyo Kubogiga Isroil mezbon bo'lgani uchun ko'plab terma jamoalari (Yaponiya, Xitoy, Filippin, Afg'oniston, Eron, Indoneziya, Pokiston va boshqalar) saralashda qatnashishmadi.

SHu bois SHarqiy mintaqada Janubiy Koreya va G'arbiy mintaqada Hindiston hech qanday o'yin o'tkazmay Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'l olgan.

Faqatgina Markaziy mintaqada 4ta jamoa saralash bahslarida ishtirok etishgan. Unda Gonkong terma jamoasi Janubiy Vetnam, Malayziya va Tailandni ortda qoldirib, qita chempionatiga yo'llanma olgandi.

1964 yilgi Osiyo Kubogida Hindiston terma jamoasi debyut qildi. Bahorning so'nggi kunlarida boshlangan musobaqa Isroilning to'rtta Ramat Gan, Xayfa, Jaffa va Ierusalim shaharlarida bo'lib o'tdi.

Ayni paytda UEFAga o'tib ketgan Isroil terma jamoasi o'z uyida bo'lib o'tgan chempionatda barcha o'yinlarda zafar quchib g'olib chiqdi. Takidlash lozimki, isroilliklar bundan oldingi ikkita qita chempionatida qatnashib, ikkinchi o'rinni olishgandi.



Osiyo Kubogi-1964
Mezbon mamlakat
: Isroil
Muddati: 26 may – 3 iyun
Jamoalar soni: 4ta
Mezbon shaharlar: 4ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
6ta
Gollar soni: 13ta (o'rtacha 2,17tadan)
Tomoshabinlar: 99000 (o'rtacha 16500)
To'purarlar: Inder Singx (Hindiston) va Mordechai Spiegler (Isroil) - 2tadan gol


26 may
Isroil – Gongkong 1:0
Gol: 
Mordechai Spiegler 76

27 may
Janubiy Koreya – Hindiston 0:2
Gollar: 
Appalaraju 2, I.Singx 57.

29 may
Isroil – Hindiston 2:0
Gollar: 
Mordechai Spiegler 29 pen, Axaroni 76

31 may
Janubiy Koreya – Gongkong 1:0
Gol: 
Bae Keum Su 74

2 iyun
Hindiston – Gongkong 3:1
Gollar
: I.Singx 45, Samajapati 60, Gosvami 77 – CHeung Yiu Kvok 39.

3 iyun
Janubiy Koreya – Isroil 1:2
Gollar
: Xux Yun Jung 79 – Leon 20, Tish 38

#

Osiyo Kubogi-1964

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Isroil

3

3

0

0

5-1

6*

2

Hindiston

3

2

0

1

5-3

4

3

Janubiy Koreya

3

1

0

2

2-4

2

4

Gongkong

3

0

0

3

1-5

0


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.




Osiyo Kubogi-1964 chempion tarkib
Darvozabonlar

Xaim Levin
Itzak Vissoker

Himoyachilar
Avraxam Kalmi
David Primo
Xaim Baxar
Moshe Leon
SHaul Matania

Yarim himoyachilar
Amatzia Levkovich
Gideon Tish
Mordechai Spiegler
Naum Stelmah
Yezekel Katsav
Yozef Maxalal

Hujumchilar
Einstein Kalish
Rahamim Talbi
Robi Yung
SHlomo Levi
Yoxai Axaroni
Bosh murabbiy: Yozef Merimovich

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика