So’nggi yangiliklar

07:15Пролига. Бугун Олмалиқда ўйин бор  0 01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  33 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  4 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  10 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   6 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12

Osiyo futboli: Yangi yulduzlar Yangiliklar

Osiyo futboli: Yangi yulduzlar

Bo'ladigan bola boshidan malum, deyishadi.

Daholar biografiyasini o'qir ekansiz, ular bolaligida tengdoshlaridan keskin ajralib turgani haqida yozilganiga guvoh bo'lasiz. Darhaqiqat, buyuklarning barchasi iqtidorli bo'lishgan. Lekin iqtidorlarning barchasi ham buyuk bo'la olmaydi. Etibor qiling, 20 yil oldin portugaliyalik futbol mutaxassislari Kuarejmaning Ronalduga nisbatan iqtidorliroq ekani va uzoqroqqa borishini takidlashgan. Aslida ham CR7 hech qachon tug'ma iqtidor masalasida RQ7 bilan bahslasha olmagan. Biroq, bugun Krishtianu futbol tarixidagi eng zo'rlardan biriga aylandi, Rikardu faqat sevimli bo'lishni uddaladi. Sababi barchangizga ayon: biri tinmay mehnat qildi, biri tabiat tuhfa qilgan buyuk iqtidorga xiyonat...

Bugun qitamiz futbolining kelajagi deya taxmin qilinayotgan bazi vunderkindlar haqida hikoya qilmoqchimiz. (faqat XXI asrning 1-yilida tug'ilgan o'yinchilarga etibor qaratildi)

Kan In Li — 2001 yilning 19 fevralida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida tug'ilib, 10 yoshiga qadar ona shahrining «Inchxon Yunayted» yoshlar jamoasida shug'ullandi. 

2011 yilda Ispaniyaning «Valensiya» klubi akademiyasiga qabul qilindi. Oradan 7 yil o'tgach, «ko'rshapalaklar» bilan ilk professional shartnomasini imzoladi (2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan). 2019 yilning yanvarida La Ligada debyut qildi. «Real Valyadolid» bilan bahsda Denis CHerishevni almashtirgan Li turnir tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi. Bugungi kunda ham «Valensiya»ning asosiy tarkibida koreyalik hujumkor yarim himoyachidan yoshroq o'yinchi topilmaydi. 

Kan In Transfermarkt portalida 20 millionga baholangan bo'lsa-da, «ko'rshapalaklar» rahbariyati 19 yoshli futbolchini qo'yib yuborishi uchun 80 million talab qilinadi. 

Janubiy Koreya terma jamoasini Son Xyon Mindan keyin aynan Kan In Li etaklashi taxmin qilinmoqda. Yaqin kelajakda uchrashib qolsak ajab emas.

Sayyodmanesh Allahyor — 2001 yilda Eronning Amol shahrida tavallud topgan futbolchi 17 yoshida (2018 yil) Tehronning «Istiqlol» jamoasi vakiliga aylandi. «Ozodi»da o'tgan mavsum davomida 15 o'yinda 2 gol, 2 assist qayd etgan Sayyodmanesh xorij klublarining nazariga tushdi. 

Bu orada Eron milliy jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi. «Suriya»ga qarshi o'yinning 80-daqiqasida Karim Ansarifardni almashtirgan o'yinchi 89-daqiqada gol urdi va terma jamoa tarixida raqib darvozasiga yo'l topgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Allahyor 2019 yilning yozida «Fenerbahche»ga transfer qilindi. Turklar 18 yoshli forvard uchun 850 ming dollardan voz kechishgan.

18 yoshli hujumchining Enner Valensiya va Papi Sissega raqobtda yutqazishini bilgan «Fenerbaxche» rahbariyati uni ijaraga berishni maqul ko'rdi. 2019 yilni «Istanbulspor»da o'tkazgan Sayyodmanesh ayni paytda Luganskning «Zarya» jamoasida tajriba orttirmoqda. 

Sayyodmanesh Allahyor Eron milliy termasiga jalb qilinayotgan futbolchilar orasida eng yoshi hisoblanadi. U yaqin kelajakda forslarning hujum chizig'ida Sardor Azmun bilan tandem hosil qilsa kerak. Himoyachilarimizga oson bo'lmasligi aniq.

Takefusa Kubo — 2001 yil Kavasakida tug'ilgan «yapon Messisi» 2011 yilda «Barselona» akademiyasiga qabul qilindi. 

Kubo 2015 yilga qadar «La Masiya»da tahsil oldi. SHundan keyin katalon klubi 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar transferi bo'yicha FIFA qoidalarini buzgani aniqlandi va Takefusa kun chiqar yurtga qaytishga majbur bo'ldi. 18 yoshiga qadar «Tokio» jamoasida to'p tepgan o'yinchi 2019 yilda Evropaga qaytishi mumkin edi. SHunda Kubo mushkul ahvolda qoldi, u «Real» yoki «Barselona»dan birini tanlashi kerak edi. Ko'pchilik «La Masiya»da tarbiyalangan vunderkindning katalon klubini tanlashiga shubha qilmadi. Ammo yaponiyalik futbolchi ommaning fikriga ters qaror qabul qildi va madridistga aylandi.

Xabaringiz bor, o'tgan mavsumni ijara asosida «Malorka» safida o'tkazgan yarim himoyachi bu yil «Vilyarreal»da tajriba to'playapti. Ajab emas, yaqin yillarda Kuboni «qirollik klubi»ning 10-raqamida ham ko'rib qolsak.

Darvoqe, u o'z tengdoshlari orasida dunyoning eng qimmat 4 o'yinchisidan biri hisoblanadi.

O'zimizning qorako'zlar. Transfermarkt'ga yana bir bor nazar tashlaymiz. O'zbekistonning 2001 yilda tug'ilgan eng qimmat futbolchisi Abduvohid Nematov hisoblanadi (300 ming evro). Keyingi o'rinlar Hojimat Erkinov hamda Ibrohimhalil Yoldoshevga tegishli. Bu yigitlar yuqorida nomlari zikr etilgan xorijlik tengdoshlari bilan transfer qiymati yoki jamoasining darajasi bo'yicha raqobat qilolmasligi mumkin, ammo tez orada ular bilan maydonda kurashishlari kerak. Milliy jamoamizning ertasi aynan shu yigitlar qo'lida. Ularga omad va zafarlar tilagan holda so'zimizni yakunlaymiz. Unutmang, hammasi o'zingizga bog'liq, oldingizda 2 yo'l bor: Kuarejma yoki Ronaldu?

"OF": "Kengurular" Germaniyada (4-son)

"OF": Faoliyatini yakunlagan Edinak, "Ummon yoquti" va Iroq futboli afsonasi (3-son)

"OF": "Alan SHirer" va yapon futboli afsonasi (2-son)

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son)

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика