So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

"Osiyo futboli": Saudiya Arabistonida o'ynayotgan eng zo'r forvardlar Yangiliklar

"Osiyo futboli": Saudiya Arabistonida o'ynayotgan eng zo'r forvardlar

Futbol atalmish sportning asosida gol turgani uchun har doim golchi (hujumchi)larning nufuzi yuqori bo'lib, alohida qadrlangan.

So'nggi yillarda qitamiz futbolida sifatli forvardlarning soni kamayib ketgani tufayli, o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoalar bu poziciyani xorijlik futbolchilar bilan kuchaytirmoqda. Bugun etiboringizni Saudiya Arabistoni Premer-ligasida to'p tepayotgan eng yaxshi markaziy hujumchilarga qaratamiz.

Romarino ("Al Ittihod", 30 yosh)

Romario Rikardo da Silvaning Osiyo maydonlaridagi yo'lchiligi 7 yil oldin boshlangandi. "Korintians" bilan Libertadores kubogi va klublar o'rtasidagi mundialda zafar quchgan futbolchi 2014 yilda Ar-Rayyanning "Al Jaish" jamoasiga ko'chib o'tdi. Yodingizda bo'lsa kerak, u Qatar klubida hamyurtimiz Sardor Rashidov bilan ajoyib tandem hosil qilgandi.

2017 yilda "Jaish" loyihasi tugatilgach, Romarino va Rashidov BAAning "Al Jazira"si safiga borib qo'shilishdi. Garchi jamoa ustozi Xenk ten Kate bilan chiqishib keta olmagan hamyurtimiz o'yin amaliyotisiz qolib ketgan bo'lsa-da, Romarino "Al Jazira" libosida 31 uchrashuv o'tkazib, 14 golga mualliflik qildi (9 assist). Braziliyalik futbolchining klublar o'rtasidagi mundialda "Real" darvozasini ishg'ol qilgani yodingizda bo'lsa kerak.


Romario 2018 yilning yozida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasiga ko'chib o'tdi. 30 yoshli futbolchi bugunga qadar Jidda klubi uchun 106 o'yinda maydonga chiqib, 49 gol va 10 ta assistga mualliflik qilgan. Futbolchining "sariq-qoralar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

Malumot uchun, u faoliyati davomida o'zbek klublariga qarshi 5 bor maydonga chiqib, 1 marta "Lokomotiv" darvozasiga gol urgan.

"Al Ittihod" tarkibida Romarinodan tashqari serbiyalik hujumchi ham bor — Aleksandar Priyovich. U arab klubiga 2019 yilda "Paok"dan kelib qo'shilgandi. Jismonan baquvvat va bo'ydor bo'lgani tufayli vaqti-vaqti bilan markaziy hujumda Romarinoning o'rnini egallaydi. Priyovich asosiy tarkibda tushgan mahalda braziliyalik futbolchi "yashirin to'qqizlik" vazifasini bajarishga o'tadi.

Abdurazzoq Hamdallah ("An Nassr", 30 yosh)

Qitamiz futboliga befarq bo'lmagan muxlislar uchun bu o'yinchi tarifga muxtoj emas. "Guanjou Siti" (2014-15), "Al Jaish" (2015-17) va "Al Rayyan" (2017-18)dagi omadli faoliyatidan keyin Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Uning darajasi haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun bir faktni keltirmoqchimiz: Hamdallahning "An Nassr" tarkibida o'tkazgan o'yinlari sonidan urgan gollari ko'proq. U Jidda klubi uchun 100 bahsda maydonga chiqib, 108 ta to'p kiritgan va 23 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib bergan.

Hamdallah "Al Jaish" tarkibida hamyurtimiz Sardor Rashidov bilan birga to'p tepgandi. Agar Jaloliddin Masharipov "An Nassr" tarkibida qoladigan bo'lsa, yangi mavsumda marokashlik hujumchini uzatmalar bilan taminlab turishi kerak.

Malumot uchun, mazkur forvard o'zbek klublaridan "Nasaf"ga qarshi 2 bor o'ynagan va har ikkalasida maydonni golsiz tark etgan.

Abdurazzoq Hamdallahning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning statistikasini yuqorida keltirdik. SHunchaki, dahshat! Ammo, "An Nassr" rahbariyati bu bilan qoniqib qolmadi. Bir necha kun oldin jamoaga yana bir tajribali forvard Vensan Abubakar olib kelindi. Endi "Portu" va "Beshiktosh"dagi o'yinlari bilan tanilgan kamerunlik hujumchi Hamdallah bilan asosiy tarkib uchun kurashishi kerak.

Bafetimbi Gomis ("Al Hilol", 35 yosh)

"Lion", "Suonsi", "Marsel" va "Galatasaroy" — oddiy nomlar emas, to'g'rimi? Bafetimbi Gomis shunday jamoalardagi faoliyatidan keyin 2018 yilda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi. Ortda qolgan davrda "Al Hilol" libosini 124 marta kiygan futbolchi 95 bor raqib darvozabonlarini ranjitishga ulgurdi. Uning "Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Malumot uchun, Gomis o'zbek klublariga qarshi 4 bor maydonga chiqib, 1 marta AGMK darvozasini ishg'ol qilgan.

Odion Igalo ("Al SHabab", 32 yosh)

Faoliyatida faqat o'rtamiyona jamoalarda o'ynagan Odion Igaloning 2020 yilda "SHanxay SHenxua"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi futbol jamoatchiligini hayron qoldirdi. "Qizil iblislar" nigeriyalik forvardning 1 yillik ijarasi uchun 12 mln evro to'ladi. Igalo bu orada MYU libosida 23 o'yinda maydonga chiqib, 5 gol urdi va "Al SHabab" rahbariyatining diqqatini o'ziga qaratishni uddaladi. Saudiya Arabistoni jamoasi joriy yilning avvalida Odionning transfer huquqini 2,5 mln evro evaziga sotib oldi.

Igalo mavsum oxiriga qadar 13 o'yinda 9 ta gol urdi. Uning "Al SHabab" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Omar al Soma ("Al Ahli", 32 yosh)

Suriyalik forvard Osiyo futbolining so'nggi 10 yillikdagi eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Al Soma faoliyatining asosiy qismi Jiddaning "Al Ahli" klubi bilan bog'liq. U mazkur jamoaga 2014 yilda Quvayt birinchiligidan kelib qo'shilgandi. SHundan keyin "Al Ahli" libosida 213 o'yinda maydonga chiqib, 183 ta gol urgan futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Malumot uchun, Al Soma o'zbek klublariga qarshi jami 8 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan. 2 ta "Nasaf"ga, "Paxtakor" va "Bunyodkor"ga 1 tadan...

Saudiya Arabistoni chempionatida Emilio Zelaya, Xulio Tavaresh va Fabio Abreu singari yana bir qator tajribali forvardlar bor. Musobaqaning oxirgi mavsumida to'purarlik "Al Hilol" vakili Bafetimbi Gomisga nasib qildi. Franciyalik futbolchi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritishi uchun 24 ta gol kifoya qildi.

P.s. Ushbu material yozilishida faqat legionerlarga etibor qaratildi. Sizningcha, ayni paytda Osiyo maydonlarida o'ynayotgan eng kuchli hujumchi kim?

Osiyo futboli: Eron chempionatining eng qimmat futbolchilari 

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика