Osiyo futboli. Portugaliyalik futbolchi "Al Taavon"ni tark etdi
11 iyu 2020 11:56
Yangiliklar


Osiyo futboli. Portugaliyalik futbolchi "Al Taavon"ni tark etdi
Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubida o'ynab kelgan Rikardo Machado jamoa bilan xayrlashdi.
31 yoshli himoyachi ushbu jamoa safida besh mavsumni o'tkazdi. Bu vaqt oralig'ida u klub safida 100dan ziyod o'yin o'tkazib, o'tgan yil Qirol Kubogida zafar quchdi.
Faoliyatini o'z vatanida boshlagan Machado keyinchalik Ruminiyaning ikkita klubida to'p tepgan va saudiyaliklar safiga 2015 yil kelib qo'shilgandi. Endilikda futbolchi o'z faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar
09:27
Nima? "Al Nassr" Rossiya chempionatida to'p surayotgan futbolchiga 70 million evro bermoqchi 7

Fikrlar