Osiyo futboli. "Istiqlol" Uinfred SHefer bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
07 apr 2018 09:30
Yangiliklar
Osiyo futboli. "Istiqlol" Uinfred SHefer bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
Eronning "Istiqlol" klubi germaniyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirishni ko'rib chiqyapti.
Garchi "Istiqlol" bu mavsum chempionlikdan umidini uzgan bo'lsa-da, Osiyo chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etyapti. SHu bois ham klub rahbariyati Uinfred SHefer bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Malumot uchun, malakali mutaxassis o'tgan yilning oktyabr oyida "Istiqlol"ni qabul qilib olgandi. SHefer murabbiylik faoliyatini 1982 yil "Borussiya Myonxengladbax-2" jamoasida boshlagan. Keyinchalik bu murabbiy qo'l ostida "Karlsrue" klubi 1993-94 yilgi mavsumda UEFA Kubogining yarim finaliga qadar etib borgan.
Xabaringiz bor, "Istiqlol" tarkibida hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib bormoqda va bizga bergan intervyusida Uinfred SHefer haqida iliq fikrlarni bildirdi.
O’xshash yangiliklar
18:59
Osiyo Kubogi U-23. O'zbekiston joy olgan guruhda Janubiy Koreya va Eron murosa ko'chasini tanladi 6
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 13
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar