So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Qitamiz futboliga oid bazi malumotlarni savol-javob shaklida berishda davom etamiz.

Savol: Xidetoshi Nakata jahon chempionatlarida nechta gol urgan?

Javob: Xidetoshi Nakata ikki bor (1998, 2002) jahon chempionatida qatnashgan bo'lib, faqat bitta gol urgan. U 2002 yilgi mundialda Tunis darvozasiga to'p kiritgan. 


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu BAAning Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadioni bo'lib, o'z bag'riga25 ming muxlisni sig'diradi. Stadion hududi 40 ming kv.metr,  eng baland joyi 50 metrga etadi. 


Savol: OCHL finalida umuman mag'lub bo'lmagan jamoa qaysi?

Javob: Bu Xitoyning "Guangju Evergrand" klubi - ikki bor finalga chiqib, ikkalasida ham g'alaba qozongan (2013 va 2015). OCHLning ikki bor g'olibi "CHonbuk Motors" 2011 yil "Al Sadd"ga, "Al Ittihod" 2009 yil "Poxang Stilers"ga, o'tgan yilgi g'olib "Al Hilol" esa 2014 yil "Vestern Sidney"ga va 2017 yilda "Urava Reds"ga yutqazib qo'ygan. 


Savol: OCHL yo'lga qo'yilganidan beri (2002/03) finalda o'ynamagan Eronning mashhur klubi qaysi?

Javob: "Istiqlol". Ajablanarlisi shundaki, hatto "Sepaxon" va "Zobahan" kabi klublar ham finalga chiqishgan. Xususan "Sepahon" OCHL finalida ishtirok etgan Eronning ilk klubi hisoblanadi: bu jamoa 2007 yil "Urava Reds"ga qarshi bahs olib borgandi. "Zobahan" esa 2010 yil "Seongnam Ilva CHunma" bilan kuch sinashgan. 2018 yil "Persepolis" ham finalga chiqqanini yaxshi eslasangiz kerak. Lekin "Istiqlol"ga finalda o'ynash hamon nasib etmay kelmoqda. 


Savol: Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi G'arbiy Osiyo mamlakati qaysi?

Javob: Ushbu musobaqa 2018 yil Iordaniyada o'tkazilgan. Bu esa birinchi bor G'arbiy Osiyoda tashkil etilgan musobaqa sifatida tarixga kirdi. Iordaniya va Filippin o'rtasidagi ochilish o'yinini 10 ming muxlis kuzatgan.


Savol: Odil Ahmedovning "Paxtakor"dan keyingi yo'nalish marshruti qanday?

Javob: Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov dastlab Rossiyaga yo'l olib, "Anji" (2011/14) va "Krasnodar" (2014/17) klublarida faoliyat olib bordi. 2017 yildan beri Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi safida harakat qilib kelyapti.


Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar #1

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar #2         

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar #3         

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика