Osiyo futboli. Eron terma jamoani boshqarishga yana bir nomzod topdi
18 mar 2019 12:29
Yangiliklar
Osiyo futboli. Eron terma jamoani boshqarishga yana bir nomzod topdi
Malumki, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi o'z yakuniga etganidan beri Eron terma jamoasi bosh murabbiysiz qolmoqda.
Karlush Keyrush o'z postini tark etgach, Eron futbol federaciyasi bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borishga harakat qildi, ammo hozircha hech bir harakat samara bergani yo'q. Endilikda federaciya rahbariyati Marokash terma jamoasi ustozi Xerve Renar xizmatlariga qiziqib qoldi.
Malumotlarga qaraganda, 50 yoshli franciyalik murabbiy Eron milliy terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Lekin Renarning Marokash bilan rejalari ham yo'q emas. Jumladan, murabbiy jamoani 21 iyun kuni start oladigan Afrika Millatlar Kubogiga tayyorlamoqda. SHu bois voqealar rivoji qanday ko'rinish olishi malum emas.
Fikrlar