Osiyo chempionlar ligasida bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar
22 apr 2019 13:08
Yangiliklar


Osiyo chempionlar ligasida bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Etiborimiz dastlab "Lokomotiv" stadioniga, undan keyin "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga qaratiladi. "Lokomotiv" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qilsa, "Paxtakor" Dohada "Al Sadd" mehmoni bo'ladi.
Umuman olganda bugun to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. "B" va "D" guruhi vakillari 4-tur bahslarini o'tkazishadi. Bugun shuningdek, "Al Vahda" o'z maydonida "Al Rayan"ni qabul qiladi va "Al Ahli" Eronning "Persepolis" klubi bilan bellashadi.
OCHL. "B" guruhi. 4-tur. 22 aprel
18:00. "Lokomotiv" - "Al Ittihod"
20:20. "Al Vahda" - "Al Rayan"
OCHL. "D" guruhi. 4-tur. 22 aprel
20:30. "Al Ahli" - "Persepolis"
21:00. "Al Sadd" - "Paxtakor"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar