So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  2 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  0 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Osiyoning 2017 yilgi eng yaxshilari taqdirlandi, ular orasida o'zbekistonlik ham bor Yangiliklar

Osiyoning 2017 yilgi eng yaxshilari taqdirlandi, ular orasida o'zbekistonlik ham bor

Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFK yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazildi.

Ushbu sahifada taqdirlash marosimining barcha tafsilotlarini kuzatib borish mumkin bo'ladi. 


16:30. Taqdirlash marosimi boshlandi. 

Bugungi g'oliblarga mana shu sovrinlar topshiriladi. 


16:32. Tailand milliy cholg'u asboblari bilan qo'shiq yig'ilganlarga taqdim etildi. 

FIFA prezidenti Janni Infantino ham shu erda


16:36. Ekranda 2017 yilgi OFK bayrog'i ostida o'tgan musobaqalar eslab o'tilmoqda. 

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar Umar Xarbin va Umar Abdulrahmon

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzod Vu Ley


16:38. Marosim boshlovchilari yig'ilganlarni bugungi tadbir bilan qutlashmoqda.


16:44. Dastlabki sovrin "Osiyo Olmosi" BAA futbol associaciyasi prezidenti Yusuf Al Serkalga topshirildi.


16:52. Bu yilgi "Osiyo orzusi" sovrini Yaponiya futbol associaciyasiga nasib qildi.


Qolgan ikki nomzod: Xitoy futbol associaciyasi va Singapur futbol associaciyasi


16:55. "Eng yaxshi associaciya" sovrini uchta yo'nalishda o'z egalariga topshirildi:

Intiluvchan yo'nalishda: Afg'oniston futbol associaciyasi

Rivojlanayotgan yo'nalishda: Vetnam futbol associaciyasi

Ilhomlantiruvchi yo'nalishda: Eron futbol federaciyasi

 


17:06. "Ommaviy futbol rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovrini" ham uchta yo'nalishda topshirildi:

Intiluvchan yo'nalishda: 
Butan futbol federaciyasi

Rivojlanayotgan yo'nalishda: Singapur futbol associaciyasi

Ilhomlantiruvchi yo'nalishda: Xitoy futbol associaciyasi


 


17:11. "Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi" sovrini Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Asako Takakuraga topshirildi. 


Qolgan ikki nomzod: Gao Xong (Xitoy) va Letesia Bautista (Filippin)


17:14. "Yilning eng yaxshi erkaklar murabbiyi" sovrini "Urava Red Daymonds" bosh murabbiyi Takafumi Xoriga topshirildi.


Qolgan ikki nomzod: Ange Postekoglu (Avstraliya) va Ishii Masatada (Yaponiya)


17:20. FIFA va OFK prezidentlari keyingi yil Rossiyada o'tadigan mundialga chiqqan beshta Osiyo terma jamoalariga maxsus sovrinlar topshirishdi. 


17:21. "Yilning eng yaxshi futzalchisi" sovrini qatorasiga ikkinchi yil eronlik Ali Asqar Hassanzodaga topshirildi.


Qolgan ikki nomzod: Touhid Lutfi (Eron) va Jiravat Sornvichian (Tailand)


17:23. Yana shunday yo'nalishlar borki, bunda ham g'oliblar aniqlandi, biroq sovrin katta gala-koncertda o'z egalariga berilmaydi, faqat keyinroq taqdim etiladi. 

OFK hakamlari uchun maxsus sovrin o'zbekistonlik FIFA hakami, plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozovga beriladigan bo'ldi. 

"Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi": Sung Xyang Sim (KXDR)

"Yilning eng yaxshi yosh erkak futbolchisi": 
Li Syong Vu (J.Koreya)

"Yilning eng yaxshi legioner futbolchisi": 
Son Xyong Min (J.Koreya)

17:32. "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" sovrini avstraliyalik Samanta Kerr xonimga nasib qildi. 


Qolgan ikki nomzod: Sung Xyang Sim (KXDR) va Kumagai Saki (Yaponiya)



17:35. "Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi" sovrini Suriya terma jamoasi va "Al Hilol" klubi hujumchisi Umar Al Xarbinga nasib qildi. 


Qolgan ikki nomzod: Vu Ley (Xitoy) va Umar Abdulrahmon (BAA)

 


Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика