Osimxen CHempionlar ligasida "Milan"ga qarshi o'ynay oladi
06 apr 2023 22:29
Yangiliklar


Osimxen CHempionlar ligasida "Milan"ga qarshi o'ynay oladi
"Napoli" to'purari Viktor Osimxen "Milan"ga qarshi Italiya chempionatining so'nggi o'yinini (0:4) mushaklaridagi muammolar tufayli o'tkazib yubordi.
Neapolliklar bosh murabbiyi Luchano Spaletti matbuot anjumanida Osimxen juma kuni A Seriya doirasidagi "Lechche"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniqligini aytdi. SHu bilan birga, mutaxassis nigeriyalik futbolchiga CHempionlar ligasi 1/4 finalining "Milan"ga qarshi dastlabki o'yinda maydonga qaytishga ruxsat bergan.
2022/2023 yilgi mavsumda Viktor Osimxen 29 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
CHempionlar ligasi doirasidagi “Napoli” – “Milan” uchrashuvi 12 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar