So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  33 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

"O'sha "Paxtakor" haqida eng yaxshi xotiralar qolgan" – 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Aleksandr Tixonov Yangiliklar

"O'sha "Paxtakor" haqida eng yaxshi xotiralar qolgan" – 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Aleksandr Tixonov

Bugun o'zbek futbolidagi asosiy fojia – 1979 yilda sodir bo'lgan mudhish voqea ro'y berganiga 43 yil bo'ldi.

13 avgust kuni afsonaviy jamoa sharafiga Sankt-Peterburgda "Paxtakor" va "Zenit" faxriylari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Championat.Asia" muxbiri Nikolay Egorichev O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida g'olib chiqqan Aleksandr Tixonov bilan suhbatlashdi.

Ushbu intervyu orqali quyidagi savollarga javob olasiz:

Aleksandr Viktorovich Rossiya terma jamoasi futbolchisini qanday tarbiyalagan?

U oxirgi marta qachon vatanida bo'lgan?

Nima uchun O'zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o'ynashi kerak emas?

"Paxtakor" faxriylari safida kim o'ynaydi?

Nega Kerjakov va Arshavinni "Zenit" uchun o'ynashga jalb qilinmadi?

- Aleksandr Viktorovich, siz qaerda yashayapsiz? Nima bilan shug'ullanyapsiz?

- Men Moskvada yashayman. Men Fryazino (Moskva viloyati – tahririyat eslatmasi)da 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalarni shug'ullantiraman. Jamoa Moskva birinchiligida o'ynaydi. Undan oldin boshqa yoshdagi yigitlarni tarbiyalaganman – masalan, 1996 yillarni. Xususan, Dmitriy Barinov tarbiya topishida qo'lim bor. Hozir u Moskvaning "Lokomotiv" klubi va Rossiya terma jamoasida o'ynamoqda.

- U bilan gaplashib turasizmi? 

- Ha, albatta. Men u va uning oilasi bilan aloqada bo'lib turaman.



- Dmitriy Evropaga ketmaganidan afsuslanmaysizmi? Unga "Valensiya" qiziqayotgani aytilgandi...

- U kelishib bo'lgan edi, ammo o'zingizdan qolar gap yo'q, hammasi boshlangach, bu ish o'xshamay qolib ketdi. Ushbu yozda u "Valensiya"ga ketishi kerak edi, lekin erkaklik vadasida turib, "Lokomotiv"da qoldi.

- Nega murabbiylik faoliyatingizni kattalar darajasida davom ettirmadingiz? 1990 yillar oxirida “Surxon”ga murabbiylik qilgansiz...

- Futboldan tashqari qiladigan ishlarim ham bor. SHuning uchun bu ish bilan shug'ullanmaganman.

- O'zbekistonda oxirgi marta qachon bo'lgansiz?

- Menimcha, to'rt yil oldin. Kuzda borishni rejalashtiryapman.

- Sobiq jamoadoshlaringizdan qaysi biri bilan muloqot qilib turasiz?

- Andrey Fyodorov, Fyodor Gagloev bilan – ular bilan Farg'onada birga o'ynaganmiz. Aytgancha, u Valeriy Gazzaevning jiyani. Albatta, Andrey Pyatnickiyning ham. U bilan ertaga Sankt-Peterburgga, "Paxtakor" – "Zenit" uchrashuviga boramiz. U hozir Stepan Atoyan bilan Greciyada.

- Rossiya Pyatnickiy va Kechinovni O'zbekistondan o'g'irlagan degan fikrga qo'shilasizmi?

- Masalan, 1994 yilda ularsiz ham kuchli jamoamiz bor edi. Ularning o'zlari shunday qarorga kelishdi. Bundan tashqari, Pyatnickiy Jahon chempionatida o'ynagan.

- Hozir O'zbekiston chempionatini kuzatib borasizmi?

- Unchalik emas. Tanishlarim bilan muloqot qilib turaman – masalan, Vadim Abramov. Yaqinda Samarqandning "Dinamo"sini boshqarishga kirishdi, menga xabar yubordi. Men ular orqali bazi malumotlarga ega bo'laman.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkinligi haqida malumotlar bor. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Agar o'yin bo'lib o'tsa, O'zbekiston albatta tanqid qilinadi. Menimcha, hozir Rossiya bilan umuman o'ynamagan maqul – darhol OFK tomonidan qandaydir sankciyalar paydo bo'lishi mumkin. Voqealar qanday rivojlanishini bilmayman. Noyabrgacha hali ancha vaqt bor.

- Tez orada "Paxtakor" va "Zenit" faxriylari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu masalada tashabbus kimdan chiqdi?

- "Xalqaro Islom biznesi associaciyasi" tashkiloti bor, unga "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi Marat Kabaev rahbarlik qiladi. Bularning barchasi uning tashabbusi bilan tashkil qilinmoqda.. Bunday o'yinlar har yili o'tkaziladi. "Ayra" texnoparki va uning rahbari Yuriy Berestov bu ishlarda ko'maklashmoqda.

- Uchrashuvda kimlar ishtirok etadi?

- "Zenit" bizga 40 kishilik ro'yxatni taqdim qildi, o'zimiz bizga qarshi o'ynashni istaydiganlarni tanlab oldik. Arshavin, Kerjakov va boshqa yigitlarni olmaslikka qaror qildik, chunki ular bizdan ancha yosh. Masalan, Aleksandr Spivak, Aleksey Igonin, Dmitriy Radchenko, Aleksandr Kurteyan "Zenit" safida to'p tepadi. Umuman olganda, juda ko'p taniqli shaxslar bor.

Darvozamizni Viktor Pshenichnikov va Rinat Dasaev qo'riqlaydi. Himoyada — men, Stas Margulis va Oleg Sinelobov. Yarim himoyada — Andrey Pyatnickiy, shuningdek, Andrey Kanchelskis ham chaqirildi. "Anji" prezidenti Osman Kadiev maydonga tushadi. Darvozabon Andrey Manannikov "Zenit" uchun qaydnomadan o'tdi – u bizda ham o'ynaydi, lekin hujumda. Bu to'liq ro'yxat emas, O'zbekistondan ko'plab yigitlar kelishadi. Valeriy Kechinov, afsuski, u erda bo'lmaydi: biz unga qo'ng'iroq qildik, lekin u tizzasi og'riyotganini aytdi.

- O'sha afsonaviy "Paxtakor" jamoasi haqida qanday xotiralar qolgan?

- Albatta, ular buyuk futbolchilar edi. Ayniqsa, Mixail Anni eslayman — u bilan o'ynagan yigitlar u xotirjamlik bilan, chap va o'ng oyoq bilan uzun pas bera olganini aytishadi. Aytgancha, biz uning ukasi Innokent bilan do'stmiz. Hozir u Janubiy Koreyada yashaydi. Uning uyida mehmon bo'lganman. Bolaligimda menga o'sha "Paxtakor" futbolchilari erishib bo'lmaydigan darajada bo'lib tuyulardi. Umuman olganda, o'sha jamoa haqida eng yaxshi xotiralar qolgan.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика