"Osasuna"ning Konferenciyalar ligasiga ishtirok etishiga yo'l qo'yilmayapti
24 iyu 2023 20:52
Yangiliklar
"Osasuna"ning Konferenciyalar ligasiga ishtirok etishiga yo'l qo'yilmayapti
UEFAdagilar "Osasuna"ni Konferenciyalar ligasiga qo'yib yubormayapti.
Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti malumot bermoqda.
Bunga sabab sifatida jamoaning 2013/14 yilgi mavsumda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani keltirilgan. O'shanda "Osasuna" LaLigada qolish uchun kurashgan, biroq vazifani uddalay olmagandi. 2020 yilda Ispaniya sudi "Osasuna"ning sobiq to'rt rahbarlari va "Betis"ning ikki futbolchisini qamoq jazosiga mahkum qilgandi.
"Qizillar" UEFAning qarori borasida appelyaciya jo'natadi. Agarda "Osasuna" haqidagi qaror o'zgarmasa, klubning EKLdagi o'rnini "Atletik" egallaydi.
Fikrlar