O'runov “Spartak”dan ketishni istamayapti. Klub sobiq sport direktori uni “Torpedo”ga taklif qilgan
04 avg 2022 09:00
Yangiliklar


O'runov “Spartak”dan ketishni istamayapti. Klub sobiq sport direktori uni “Torpedo”ga taklif qilgan
Bu haqda “Sport24” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Oston O'runov shartnomasidagi yuqori maosh tufayli “Spartak”dan ketishni istamayapti. U moskvaliklar safida oyiga 50 ming evro ishlab topadi.
SHuningdek, “Spartak” sobiq sport direktori Luka Kattani 21 yoshli futbolchini RPL debyutanti “Torpedo”ga taklif qilgani aytilmoqda.
Oston 2020 yil yozida “Ufa”dan 1 mln evro evaziga transfer qilingan. O'zbekistonlikning “qizil-oqlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan.
O'runov “Spartak” asosiy tarkibida 9 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. O'tgan mavsumni esa ijara asosida sobiq jamoasi “Ufa”da o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar