O'runov "Spartak"dan ijara asosida ketgan taqdirda maoshining pasayishiga tayyor emas
18 iyu 2022 13:15
Yangiliklar
O'runov "Spartak"dan ijara asosida ketgan taqdirda maoshining pasayishiga tayyor emas
"Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov ijara asosida boshqa klubga o'tgan taqdirda Moskva klubida olayotgan maoshining pasayishiga tayyor emas.
Oldinroq saytimiz tomonidan futbolchining "CHonbuk Motors"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
"Spartak" O'runov boshqa jamoaga ijara asosida o'tgan taqdirda, uning to'liq maoshini to'lashni rejalashtirmayapti. SHu sabab, Moskva klubi rahbariyati uning ijarasiga emas, ko'proq sotuviga qiziqmoqda.
21 yoshli O'runov o'tgan mavsumni ijara asosida "Ufa"da o'tkazdi. Uning transfer narxi 700 ming evroga baholanmoqda.
Fikrlar