So’nggi yangiliklar

13:37Шомуродов Туркия Суперлигасида тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 13:17Суперлига. 27-турга ҳакамлар тайинланди  1 12:53Туркияда ҳакамлар қимор ботқоғида: 150 нафардан ортиқ ҳакам тергов остида!  1 12:25Брендан Рожерс "Селтик" мураббийлигидан истеъфога чиқди  1 11:59ЎФФ президенти "Бенфика" клуби шароити билан танишди  2 11:38"Челси" қозоғистонлик футболчини Франция клубига ижарага беради  1 10:41"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 миллион евро сарфлашга тайёр  2 10:10Ламин Ямал "Реал"га қарши ўйиндан сўнг ижтимоий тармоқдаги саҳифасига ўзгартириш киритди  12 09:42Винисиус нима учун "Реал"ни тарк этмоқчи эканлиги маълум бўлди  4 09:11МЮ ва "Челси" қизиқаётган футболчининг нархи 120 миллион фунт этиб белгиланди  3 08:30Пролига. Бугун тур якунланади  0 08:03“Олтин тўп”га даъвогарлар рейтинги эълон қилинди. Рўйхатда Дембеле йўқ  14 07:36Ямал қимматбаҳо харидни амалга оширади  2 01:45Дунёнинг энг қиммат ярим ҳимоячилари эълон қилинди: Беллингем ва Педри нечанчи ўринда?  8 01:19"Реал" сардори яна жароҳат олди  1

"O'runov "Spartak"da o'ynab keta oladi! Men buyuklar bilan raqobatlashganman, uni esa - Til va Kral kutmoqda". Irismetov Oston O'runov kelajagi borasida fikr bildirdi Yangiliklar

"O'runov "Spartak"da o'ynab keta oladi! Men buyuklar bilan raqobatlashganman, uni esa - Til va Kral kutmoqda". Irismetov Oston O'runov kelajagi borasida fikr bildirdi

Rossiya chempioni (2001), moksvaliklar sobiq hujumchisi Jafar Irismetov - yosh hamyurti kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Esimda, Irismetov degani bo'lardi. Uni ham jahon futbolining bo'lajak yulduzi deyishgandi", — deya Oston O'runovning "Spartak" klubiga o'tishi mumkinligi borasidagi xabarga baho berdi rossiyalik sharhlovchi Georgiy CHerdancev. 

Ko'plab muxlislar ham shu o'rinda o'zbekistonlik hujumchini esga olishdi. Vaqtida Oleg Romancev unga katta umid bog'lagandi. Irismetov CHempionlar Ligasida "Spartak" asosiy tarkibida maydonga tushardi va Oliver Kanga "qaysi" uslubida zarba berib, dahshat gol urishiga sal qolgandi. Ammo o'shanda to'p darvozaga kirishni istamagan va Rossiya chempionatining oltin medallarini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, Jafar "Spartak"da o'z o'rnini topa olmadi.

Ona yurti O'zbekistonda murabbiy bo'lgach, Irismetov O'runov bilan ham ishlashga ulgurdi. U "Paxtakor" o'rinbosarlari tarkibida bo'lajak "spartakchi"ning ilk qadamlariga guvoh bo'lgan va hozir hamyurtining "Spartak"dagi debyutini intiqlik bilan kutyapti.

— O'runov bizda "Paxtakor"da edi va shartnomasi bor edi. 16 yoshida o'rinbosarlar tarkibida to'p tepayotganida biz u vaqti kelib asosiy tarkibda o'ynab keta olishiga ishonardik va asosiy jamoa bilan yangi shartnoma tayyorlayotgandik. Lekin ishlar boshqacha tus oldi. Uning shartnomasida shunday band bor edi-ki, futbolchi kelishuvni bir tomonlama bekor qila olardi. U xarakteri biroz og'irroq yigitligi sir emas. Xullas, qolishni istamadi. Ota-onasi va agentlar unga qolishdan naf yo'qligini uqtirishdi. O'shanda turli xil gaplar chiqa boshladi. Aytishlaricha, SHomurodovdan keyin uni ham "Rostov" chaqirishni istagan.


— "Rostov" varianti o'xshamadi.
— Ha, lekin biz bilan qolishni ham istamadi. Unga tezroq Rossiya yoki Qozog'istonga ketishi kerakligi va bu transferni "Navbahor"dan amalga oshirish osonroq bo'lishini takidlashgan. SHunday qilib, O'runov Namanganga yo'l oldi va o'z yoshi uchun ajoyib o'yin ko'rsatdi, lekin keyin Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidagi omadsiz davr bo'ldi.


— Nega?
— O'runovni avval boshidan sotish uchun tayyorlashdi. O'zbekiston chempionatida ko'proq texnikaga urg'u beriladi va jamoalar tez-tez "pas" o'ynaydi. Bunday muhit uchun u kuchlilik qilardi. Aynan kuch, elkama-elka kurashlar, to'pni olib qo'yib, u bilan malum masofani bosib o'tish. Umuman olganda, ketib to'g'ri qildi.

— Uni qaysi poziciyada ko'ra olasiz?
— Tayanch zonasida. Oltinchi raqam, eng yuqorisi — sakkizinchi raqam. Lekin aniq o'ninchi raqam sifatida emas. Nozik to'p uzatishlar uning ustun tomoni emas. U ko'proq raqib hujumini buzib, jamoasi hujumini rivojlantirib bera oladigan futbolchi.


— Qanotdachi?
— Bo'ladi. Oston — universal, lekin mening fikrimcha, qanotda u imkoniyatlarini to'liq ochib bera olmaydi.


— Ko'pchilik sizning 2001 yilgi transferingizni yodga olmoqda. Nima deb o'ylaysiz, u "Spartak"da o'ynab keta oladimi?
— Mening vaziyatim biroz boshqacha edi. Hamma menga umid ko'zi bilan boqardi, men esa... Oddiyroq oshxonadan nozik mehmonlar boradigan restoranga tushib qolgandek edim. Hamdo'stlik kubogi, ketidan darhol — UEFA CHempionlar Ligasi. O'runov esa malum vaqt sizning mamlakatingizda, chempionatni biladi, qo'shimchasiga hozirgi "Spartak" ham boshqa. Qaerdadir Oston haqida o'qib qoldim — kuchsiz legioner, natijasi mavhum bo'lgan xarid. Hozirgi "Spartak"da kim kuchli o'zi? Men buyuk futbolchilar bilan raqobatlashishimga to'g'ri kelgan, ular kamida Rossiyada eng yaxshilari edi, uni esa Til va Kral kutyapti. Ular qachon buyuk futbolchi bo'lib ulgurdi? "Spartak" shu futbolchilar bilan ettinchi o'rinni egalladi. Ha, yangi futbolchi O'zbekistondan, shunga nima bo'libdi? Ana SHomurodov ham bizdan, bu uning o'ynab ketishiga to'sqinlik qildimi? "Spartak" hozir sotib olayotgan futbolchilarga qarasak, muxlislar O'runov borasida etiroz bildirishlariga umuman asos yo'q. O'zbekistonda iqtidorlar ko'p. SHunchaki ularning hammasi ham o'yin uslubi bo'yicha Rossiyaga mos tushavermaydi. Biroq O'runov ayni muddao.


— Yana nima uchun unga sizdan ko'ra, osonroq bo'lishi mumkin?
— CHunki u hujumchi emas, gollar urishi shart emas (kuladi). Yana bilasizmi menga to'pni u qadar ko'p ham oshirishmasdi. SHunday bo'lardiki, uch hujumchi bir raqibga qarshi chiqardik, lekin to'pni menga oshirishmasdi. Romancev ham o'zinikilarga bu haqida gapirgan. Ex, endi bularni eslagandan nima foyda?! Nima bo'lsa ham "Spartak"da to'p tepganimdan faxrlanaman, meni muxlislar unutmaganidan xursandman. Umid qilamanki, O'runov ham ularning yodida qoladi. Buning uchun unda barchasi bor, shunchaki taktik jihatdan biroz ishlasa etarli.


— Xarakteri og'ir dedingiz. Nimani nazarda tutdingiz?
— O'jar. U shunday, biroz qaysar. Biror narsani istadimi — nima qilib bo'lsa ham unga erishadi. Kim biladi, balki, Rossiyada ulg'aygandir va o'zgargandir. Muhimi, uning yonida to'g'ri odamlar bo'lsa bo'lgani.


— U ruschani yaxshi tushunmaydi. Bu muammomi?
— Mmm, men bemalol gaplashardim, lekin bu unchalik ham yordam bermagan. Menimcha, u hali yosh, tezda o'rgana oladi. SHunchaki men Sobiq Ittifoq davrida katta bo'lganman, u esa butkul boshqa mamlakatda.


— Nima deb o'ylaysiz, "Spartak" uni 5-10 millionga sota oladimi?
— Bu vaziyatda bir narsa deyish qiyin. Misol uchun, SHomurodov o'ziga etiborni qaratishi nisbatan osonroq. Ammo Osiyoda tayanch yarim himoyachilar etishmaydi. Kamida uni shu erga joylashtirish mumkin.


— Uning "Spartak" uchun o'yinini ko'rgani Rossiyaga kelasizmi?
— Koronavirus bilan bog'ltiq vaziyat bunga imkon berishi bilan, albatta! Aytgancha, men "Spartak" muzeyida bo'lgandim, o'zimni ham topdim. Juda yoqimli! Ko'chalarda muxlislar hamon meni tanishi ham ajoyib. "Spartak" — zo'r muxlislari bor buyuk klub. O'runovning bu borada omadi chopgan deya olaman.


Nozima Zaripova tarjimasi
Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика