O'rtoqlik uchrashuvlari. "Arsenal" 2-taymda 3ta gol o'tkazib yubordi, "CHelsi" esa kichik hisobda g'alaba qozondi
11 iyu 2020 00:13
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvlari. "Arsenal" 2-taymda 3ta gol o'tkazib yubordi, "CHelsi" esa kichik hisobda g'alaba qozondi
"CHelsi" va "Arsenal" klublari APL mavsumi tiklanishidan oldin Londonda nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
"Arsenal" "Emireyts"da "Brentford" klubiga (2:3) imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, to'pchilar tanaffusga 1:0 hisobidagi kichik g'alaba bilan chiqib ketgan, ammo 2-bo'limda o'z darvozasidan 3ta to'p olib chiqqan. (jamoalarning tarkiblari va gol mualliflari oshkor qilinmagan)
"CHelsi" ham o'zining Kobxemdagi bazasida CHempionship vakili bilan to'qnashdi va Pedroning yagona goli evaziga "Reding"dan (1:0) ustun keldi.
Malumot uchun, APL 17 iyunda tiklanadi. SHu kuni "Arsenal" "Manchester Siti" bilan o'ynasa, "CHelsi" 21-da "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar