O'rtoqlik uchrashuvi: "So'g'diyona" - "Dinamo" 3:0 (+FOTO)
01 mar 2016 23:27
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi: "So'g'diyona" - "Dinamo" 3:0 (+FOTO)
Uchrashuv ancha qiziqarli tarzda kechdi. Dastlabki bo'limda har ikkala jamoa darvozalar dahlsizligini saqlab qolishdi. Ikkinchi bo'limda esa maydon egalari ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar o'z samarasini berdi. Timur Hakimov ikki bor va Sobir Hamidovlar tomonidan kiritilgan gollar Jizzaxliklarning 3:0 hisobidagi g'alabalarini taminladi. SHuningdek, Dinamo darvozasini bugungi uchrashuvda Alisher Axmedov qo'riqlaganini takidlab o'tish joiz.
So'g'diyonaning bugungi tarkibi qo'yidagicha ko'rinish oldi:
Timur G'aniev, Elyor Oripov, Sarvar Jo'raev, Murod Holmuhamedov, Akmal Xolmurodov, Sanjar Rashidov, Muzaffar Muzaffarov, Sardor Sobirho'jaev, Bobir Qosimov, Sanjar Rihsiboev, Farruh SHotursunov.
Zahiradan tushganlar: Muzaffar Abdullaev, Dilmurod Ikromov, SHahzod Karimov, Qahramon Bohodirov, Suhrob Qobilov, Timur Hakimov, Izzat Abdullaev, Sobir Hamidov, Doston Oripov, Jasur O'rinov, SHohruh Akbarov.
Uchrashuvdan olingan fotolar bilan tanishing.
\
O’xshash yangiliklar

Fikrlar