So’nggi yangiliklar

09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 0:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 0:0

Bugun "Qo'qon-1912" ikkinchi yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvni o'tkazishdi. Bu galgi raqib Bekobodning “Metallurg” jamoasi bo'ldi.

“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli bo'lib o'tgan uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi.

O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi taym yakunlanishi arafsida maydonda futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Hakam ikki o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatdi. Natijada raqibimizdan Zohid Abdullaev. Bizdan esa  Jalil Kimsanovlarni maydondan chetlatidi. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani bois maydondan chetlatilgan futbolchilar o'rniga boshqa  o'yinchilari tushirildi. Jalil Kimsanov o'rniga Javohir Sidiqov maydonga tushdi.

Qiziq holat oldingi nazorat uchrashuvida ham Jalil Kimsanov qizil kartochka olgandi.

Birinchi bo'limda har ikki jamoaga ham gol kiritish nasib etmadi.

Ikkinchi taymda vakillarimiz biroz tashabbusga ega bo'lishdi. Futbolchilarimiz tomonidan tashkil etilgan hujumlar xavfli ko'rinish oldi.

SHunday vaziyatlarning birida Sidiqovning to'p oshirishidan so'ng Jamshid Hasanov qulay vaziyatga chiqdi. Jamshid to'pni yana Javohirga qaytardi. Sidiqov esa buni kutmagan edi.

Qolgan daqiqalarda ham bir qator vaziyatlar qo'ldan chiqarilishi natijasida o'yin jangovor 0:0 hisobi bilan intiho topdi.

SHu tariqa, jamoamiz 2017 yildagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida durangga erishdi.

Nazorat uchrashuvi



“Metallurg” – “Qo'qon-1912” – 0:0

Hakamlar:
D. Djamilov, A. Snetkov, A. Capenko.

“Qo'qon-1912”: Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov, Iqbol Malikjonov, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, Avaz Mamatxo'jaev, Jamshid Hasanov, Bahodir Akramov, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev, Nosir Otaqo'ziev.

Zaxira: Islom Abdullaev, Ibrohim Rahimov, Sobir Hamidov, Orif Mamajonov, Javohir Sidiqov, Andrey Sidorov, Muhammadanas Hasanov, Abror Rahmonov, Islom Karimov, Doston Meliqo'ziev, Alisher SHeraliev.

“Metallurg”: Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Doston Tursunov, Hikmat Hoshimov, Vusol Magerramov, Doniyor Odilov, Murod Toshmatov, Dilmurod Karimov, Ayubxon No'monov, Mirg'iyos Sulaymonov, Zohid Abdullaev.

Zaxira: Alisher Ziyavuddinov, Jahongir Abdumo'minov, Kamron Kapadze, Doniyor Ismoilov, Navro'z Alimov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика