So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Lokomotiv-BFK"ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Lokomotiv-BFK"ni mag'lub etdi

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qo'qonliklarga PRO-liga vakili “Lokomotiv BFK” raqiblik qildi.

Ushbu o'yinda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari yig'inlarida qatnashayotgan O'tkir Yusupov, Javohir Sidiqov va Oybek Rustamov ishtirok etishmadi. SHuningdek, jarohati bois Nosir Otaqo'ziev ham mazkur bahsni o'tkazib yubordi.

Uchrashuv boshlanishi bilan tashabbusni qo'lga olgan qo'qonliklar raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Hujumlarning birida "Lokomotiv"ni darvoza ustuni goldan saqlab qoldi. 31-daqiqada esa nihoyat qo'qonliklar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Raqib jarima maydonchasi ichida bir-birlariga to'pni aniq uzatib ajoyib hujum tashkil etgan "Qo'qon-1912" “Lokomotiv BFK” darvozasiga yo'l topishni uddalashdi. Asadovdan to'pni qabul qilgan Abramov kuchli va aniq zarba bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida raqib darvozasi ikkinchi bor ishg'ol etildi. 42-daqiqada Holmuhammedovning qanotdan oshirgan to'pini Asadov darvozaga aniq yo'lladi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limni ham "Qo'qon-1912" azolari juda faol tarzda o'tkazishdi. Taym boshida murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Maydonga asosan yosh futbolchilar tushirildi. SHunday bo'lsa-da, raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlarni vujudga keltirishdi.

73-daqiqada Muslim Qurbonov deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. Qolgan daqiqalarda qo'qonliklar raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishlariga qaramay, hisobni o'zgartira olishmadi.  




Nazorat uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv BFK” – 2:0 (2:0)
Hakamlar: 
SHavkat Nasibullaev, Doniyor Saylavov,Timur Galeev
Nazoratchi : Arslon Hotamov.

Gollar: Saveliy Abramov – 31, Firdavs Asadov – 42.

“Qo'qon-1912”: 71. Sarvar Karimov, 5. G'iyos Komilov, 11. Firdavs Asadov, 17. Quvondiq Ro'ziev, 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 41. Saveliy Abramov 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 79. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 4. Bahodir Akramov, 15. Ibrohim G'ofurov, 38. Doston Meliqo'ziev, 70. Jasur Yoqubov, 78. Bexruz Sadilloev, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Muslim Qurbonov.

“Lokomotiv BFK”: 1. A. Kim, 3. I. Abduraimov, 4. S. Ismoilov, 6. E. Omonjonov, 7. V. Akopov, 9. S. G'ulomov, 13. S. To'xtasinov, 14. YU. SHoimov, 18. SH. Avazmatov, 19. I. SHaripov, 20. R. Hazratqulov.
Zaxira: 16. S. Sobirov, 2. Q. Erkinov, 10. I. Qodiraliev, 11. F. Mamajonov, 15. A. Mahkamov, 21. SH. Nuriddinov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика