O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" - "Dubay SK" - 0:1
17 jan 2016 17:22
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" - "Dubay SK" - 0:1
"Paxtakor" xorij yig'inidagi ikkinchi nazorat bahsini "Dubay" klubiga qarshi o'tkazdi.
Birinchi bo'limda futbolchilarimiz hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biroq Andreev, Ahmedov va Berdievning zarbalarini raqib posboni qaytarib qoldi. 39-daqiqada Lobanov darvozasi tomon belgilangan penaltidan keyin to'pni qaytardi.
Ikkinchi bo'limda ham bir qator imkoniyatlarni ko'kka sovurgan jamoamizni mezbonlar jazolashdi. 73-daqiqada urilgan gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi. Navbatdagi uchrashuvni "Paxtakor" 19 yanvar kuni Qozog'iston yuqori ligasi ishtirokchisi "Oqjetpes" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Paxtakor" - "Dubay SK" - 0:1
"Paxtakor": Lobanov (Tursunboev), Merzlyakov, Oraxovac, Tojiev, Hoshimov, Ahmedov, Ismatullaev (Yaxshiboev), Andreev, Sidiqov (Otaxonov), Karimov (Alimov), Berdiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar