O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yopiq tarzda o'tkazilgan o'yinda Qatar bilan durang o'ynadi
24 mar 01:24
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yopiq tarzda o'tkazilgan o'yinda Qatar bilan durang o'ynadi
"Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tgan bahs yopiq tarzda o'tkazildi.
Qatar (U-23) — O'zbekiston (U-23) 1:1
Gol: Qatar terma jamoasi (56) — Alisher Odilov (36).
O'zbekiston: Hamidullo Abdunabiev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Jasurbek Jaloliddinov (s), Otabek Jo'raqo'ziev, Umarali Rahmonaliev, Alibek Davronov, Husayn Norchaev, Alisher Odilov, Abdurauf Bo'riev, Asadbek Rahimjonov.
Ikkinchi bo'limdagi tarkib: SHukron Yo'ldoshev, Mahmud Mahamadjonov, Odilbek Abdumajidov, Farruh Muhtorov, Ibrohim Ibragimov, Ulug'bek Hoshimov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Aleksandr Zevadinov, Behruz Asqarov, Ruslanbek Jiyanov, Muhammadaziz Ibrohimov
Foydalanilmagan penalti: Qatar terma jamoasi (54, SHukron Yo'ldoshevdan seyv)
Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.
FOTO: O'FA matbuot xizmati
Fikrlar