O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yopiq tarzda o'tkazilgan o'yinda Qatar bilan durang o'ynadi

Alisher
24 mar 2024, 01:24
O'zbekiston OTJ Qatardagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasida Qatar OTJ bilan bahs olib bordi.

"Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tgan bahs yopiq tarzda o'tkazildi.


Qatar (U-23) - O'zbekiston (U-23) 1:1

Gol: Qatar terma jamoasi (56) - Alisher Odilov (36).

O'zbekiston: Hamidullo Abdunabiev, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Jasurbek Jaloliddinov (s), Otabek Jo'raqo'ziev, Umarali Rahmonaliev, Alibek Davronov, Husayn Norchaev, Alisher Odilov, Abdurauf Bo'riev, Asadbek Rahimjonov.

Ikkinchi bo'limdagi tarkib: Shukron Yo'ldoshev, Mahmud Mahamadjonov, Odilbek Abdumajidov, Farruh Muhtorov, Ibrohim Ibragimov, Ulug'bek Hoshimov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Aleksandr Zevadinov, Behruz Asqarov, Ruslanbek Jiyanov, Muhammadaziz Ibrohimov

Foydalanilmagan penalti: Qatar terma jamoasi (54, Shukron Yo'ldoshevdan seyv)


Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.



FOTO: O'FA matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia