O'rtoqlik uchrashuvi: "Obod" - "Olmaliq" 1:1
09 fev 2016 22:43
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi: "Obod" - "Olmaliq" 1:1
Yanvar oyida bu jamoa bilan ikkita o'yin o'tkazilgandi. Olmaliqda tashkillashtirilgan o'yinning birida 3:1 hisobida g'alaba qozongandik. Ikkinchi tarkiblar uchrashuvida 1:0 natija bilan mehmonlar zafar quchishgandi. Bu galgi to'qnashuv "Obod" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Birinchi taymda debyutant jamoa vakili SHohruz Norxonov tomonidan urilgan golga ikkinchi taymda Muhammad Isaev javob qaytardi.
Mazkur bahsda kichik jarohat sabab Roman Abdulov, Evgeniy Gogol, Islom Inomov va Ibrohim Rahimovlar ishtirok etishmadi.
Uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Rahmatillo Berdimurodov, Saidkomil Akbarov, Darko Stanoevich, Abduqahhor Hojiakbarov, Nenad Kiso, Mirjamol Qosimov, Diyor Turopov, Zohir Pirimov, Arslonmurod Amanov, Farhod Tojiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita SHkvirin, Azamat Isroilov, Muhammad Isaev, Nikita Pavlenko, Doniyor Ismoilov, Islombek Isoqjonov, Azizbek Suyunov, Ro'zimboy Ahmedov, Murod Rajabov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar