So’nggi yangiliklar

12:13Укадан устун келган ака ГАЛЕРЕЯ  0 11:41Каррагер "Челси"нинг трансферлари ҳақида: "Бўлдида энди. Феликс қаерда кийим алмаштиради?"  4 11:23Ҳаммамиз севган УЕФА Чемпионлар лигаси мадҳияси ўзгарди  7 11:11А Серия дебютанти тўхтамаяпти! Фабрегас жамоаси "Реал" футболчиси кетидан "Барселона" ва "Манчестер Сити" ўйинчилари билан ҳам келишувга эришди  2 10:30 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  1 10:06"Сўғдиёна" Фарғонада "Нефтчи"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 09:58Варан, Рейна, Белотти... "Комо" энди "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  5 09:05"Бунёдкор" 8 йилдан сўнг Наманганда очко қўлга киритди  2 08:35Бу йил меҳмонда ғалаба қозонмаган жамоани биласизми? "Сўғдиёна" чемпион, "Насаф" ва "Пахтакор" учликда   5 08:05"Нефтчи" сўнгги маротаба Фарғонада қачон 3 та гол ўтказган эди?  3 07:35Про лига. Бугун "Дўстлик" Ғузорда, "Қўқон-1912" Нукусда меҳмон бўлади  3 01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  7 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  7 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  4 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  10

O'rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" - "Olmaliq" 2:3 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" - "Olmaliq" 2:3

Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida "Neftchi" va "Olmaliq" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Neftchi" - "Olmaliq" 2:3
Gollar:
Ro'zimboy Ahmedov 20 penalti, Akmal Xolmatov 72 - Zafar Polvonov 7, 76, SHakir Zuagi 74 (pen.)

"Neftchi": Hasanov, Ponomaryov, Mehmonov, Boboxonov, Ermatov, Xolmatov, Melziddinov, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Akopyanc, Ro'zimboy Ahmedov.
Zahiradan tushganlar: Abdullox Olimov, Aleksandr Onika, SHerzod Hakimov, Otabek Zokirov, Muzaffar Muzaffarov, Murod Bobojonov.

"Olmaliq": Xonimqulov, Jiyamurodov, Vitalis Smirnovs, Darko stanoevich, Xojiakbarov, Sarvar Jo'raev, Eldor Ergashev, SHakir Zuagi, Pirimov, SHoahmedov, Polvonov.
Zahiradan tushganlar: Akmal Ortiqov, Obid Jo'raboev, Abdumalik Toshpo'latov, Temur Kagirov, Evgeniy Gogol, Doston Abduraxmonov, Dilyaver Abibullaev, Nikita Pavlenko, SHarif Mirzaev, Islom Isoqjonov.

Ogohlantirishlar: Onika 73 - SHakir Zuagi 44
CHetlatish: Obid Jo'raboev 70, SHakir Zuagi 90


                                          YANGILASH


Matnli translyaciyani Tolibjon Qosimov hamda Xayrulla Xoliqov olib bordi.

Uchrashuv yakunlandi. "Olmaliq" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

90. Ana bo'masa, Zuagi ham qizil kartochkadan bebaxra qolmadi.

86. SHerzod Hakimov birga bir chiqib zarba berdi, "Olmaliq" darvozaboni Akmal Ortiqov to'pni qaytarib yubordi. Hakimov sobiq jamoasiga gol ura olmadi.

84. "Neftchi" gol urdi, lekin undan oldin o'yin qoidasini buzishgan edi vodiyliklar. SHuning uchun hisoblanmadi.

G'ayrat Hasanov himoyachilarga etiroz bildirganicha bor, ular raqibni ushlab qola olishmadi.

76. Goool, Zafar Polvonov dublni rasmiylashtirdi.

Goool, 2:2. SHakir Zuagi penaltidan hisobni tenglashtirdi.

73. Onikaga sariq va penalti.

72. Gooool, Akmal Xolmatov jarimadan ajoyib tarzda gol urdi. Jo'raboevning qo'polligidan so'ng belgilangan jarimani Xolmatov qoyilmaqom tarzda bajardi, u jonli devor orasidagi tirqishni topa oldi.

70. Obid Jo'raboev qizil kartochka oldi.

69. Abduqaxxor Xojiakbarov o'ng tomondan to'xtatmasdan juda kuchli zarba yo'lladi, darvozabon qaytarib yubordi.

66. Doston Abduraxmonov jarohat oldi va maydonni tark etdi. Ikkinchi bo'limda tushgan o'yinchi aytarli o'ynamadi ham. Doston boshidan zarba qabul qilib oldi.

Uchrashuvni bevosita stadiondan No'mon Hasanov, SHuxrat Raxmonqulov, Ravshan Xaydarov kabi murabbiylar ham kuzatib borishmoqda. SHuningdek, bir qator futbol "kishilari" ham shu erda.

61. Murod Ismoilov shogirdlari raqib darvozasi tomon ketma-ket zarbalar berishdi. Bir safar darvozabon, bir safar himoyachilar to'p yo'liga qalqon bo'lishdi.

60. Sanjar SHoaxmedovning zarbasiga kuch etishmadi.

57. SHakir Zuagining bosh bilan bergan aniq zarbasini G'ayrat Hasanov ushlab oldi.




55. Ana xolos, sal bo'lmasa Melziddinov o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi. U bosh bilan xavfni bartaraf etmoqchi bo'ldi, lekin kutilmaganda to'p yo'nalishi o'zgarib darvoza tomon harakatlandi, uning baxtiga to'p yuqoriroqdan o'tib ketdi.

54. Zafar Polvonov birinchi bo'limda gol urgan vaziyatiga o'xshash holatga chiqib borgan edi, bu safar Melziddinov unga imkon bermadi.

53. Akmal Xolmatov kesma pas bilan Umid Qodirovni oldinga chorladi, Umidning markaz bo'ylab tashlab bergan to'pini Xonimqulov ushlab oldi.

51. Farg'onaliklar azosi chap qanotdan kirib borib zarba berish uchuvvn qulay vaziyatga chiqib bordi va ancha noaniq zarba berdi.

49. O'ng qanotdan "Olmaliq" futbolchisi to'pni ohistagina Zafar Polvonovga ko'tarib bermoqchi bo'lgandi, himoyachi epchillik qildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Matnli translyaciyamizni ana shunday sharoitda olib borayapmiz.

Birinchi bo'lim tugadi, tanaffus. Hozircha hisob 1:1.

45. "Neftchi" o'yinchilaridan biri jarohat oldi va shu zahoti maydonga shifokorlar qo'lda tibbiyot sumkasi bilan maydonga tushib kelishdi. Aftidan "Neftchi" shifokorlari matnli translyaciyamizni kuzatib borishayotgan bo'lsa kerak ))

44. Dilyor Ermatovga nisbatan qoida buzgani uchun "Olmaliq" yarim himoyachisi SHakir Zuagiga sariq kartochka ko'rsatildi.

Birinchi taym tugashiga sanoqli daqiqalar qoldi. O'yin surati unchalik yuqori emas. Balki ikkinchi taymda tezlashar.

Eslatib o'tamiz, o'rtoqlik uchrashuvi "To'qimachi" stadionida bo'lib o'tyapti. Bu erda birinchi liganing "Istiqlol" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadi. 

Jarima to'pi tepildi, lekin samarasiz.

40. Ro'zimboy Ahmedovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Neftchi" jarima to'pini tepadi.

38. Sanjar SHoahmedovning o'ng tomondan kirib tepgan to'pi ancha yuqori ketdi.

37. Umid Qodirov o'ng qanotdan kirib borib to'pni markazga uzatdi, lekin Andrey Akopyanc to'pni to'xtatib qola olmadi.

35. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Baxtiyor Namozov jamoalarga tomoqni xo'llab olishga imkon berdi. Issiq ekanligini unutmasligimiz lozim.

O'rtoqlik o'yiniga ham rasmiy o'yindek qarash lozim tashkiliy jihatdan. "Neftchi"ning biror o'yinchisi jiddiyroq jarohat olsa, nima qiladi muz ko'tarib yurgan shifokor.

28. "Neftchi" azosi Dilyorbek Ermatov jarohat olib maydonda yotibdi. Farg'onaliklar shifokori yordamchisi bilan birga maydonga tushib keldi. Eng qizig'i, birining qo'lida elim idishda muz, ikkinchisining qo'lida bir bakolashka suv. Dori-darmon, birinchi yordam ko'rsatishda foydalaniladigan tibbiyot vositalaridan asar ham yo'q.

Uchrashuvning natijasi va eng asosiy vaziyatlarini shu erda kuzatib borish mumkin.

7-daqiqada Zafar Polvonov "Olmaliq"ni oldinga olib chiqdi - 0:1.

20-daqiqada Xojiakbarov o'z jarima maydoni ichida Umid Qodirovni yiqitdi. Belgilangan penaltini Ro'zimboy Ahmedov aniq amalga oshirdi - 1:1.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика