O'rtoqlik uchrashuvi: "Ajman" - O'zbekiston U-23 0:4
06 dek 2015 21:07
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi: "Ajman" - O'zbekiston U-23 0:4
6 dekabr kuni Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa mahalliy Ajman klubiga qarshi o'yin o'tkazib 4:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo'limda Jamshid Iskanderov, Doston Hamdamov va Eldor SHomurodov gol urishdi. Ikkinchi bo'limda Javohir Rasulov penaltidan to'p kiritib yakuniy natijani o'rnatdi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAAdagi yig'inda o'tkazadigan o'rtoqlik uchrashuvlar ro'yxati:
6 dekabr - "Ajman" (BAA) 4:0
13 dekabr - Yaponiya
20 dekabr - KXDR
23 dekabr - BAA
27 dekabr - Qatar
4 yanvar - Xitoy
6 yanvar – Iordaniya
O'rtoqlik uchrashuvi
Ajman (BAA) – O'zbekiston U-23 0:4 (0:3)
Gollar: Jamshid Iskanderov, Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov, Javohir Rasulov
1-bo'lim: Abdumavlon Abdujalilov, Maksimilian Fomin, Vladimir Kozak, Javlon Mirabdullaev, Sardor Rahmonov, Otabek SHukurov, Javohir Sohibov, Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov, Jashmid Iskanderov, Igor Sergeev
2-bo'lim: Javohir Ilyosov, Muhsin Ubaydullaev, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Diyor Turopov, Abdulloh Olimov, Timur Hakimov, Abbos Maxstaliev, SHoxnazar Norbekov, Jasur Hakimov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar