O'rtoqlik o'yini. Janubiy Koreya Avstraliya bilan durang qayd etdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2018, 16:18
Avstraliya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi.

Brizbendagi "Sankorp" stadionida o'tgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. Uchrashuvdagi birinchi gol 22-daqiqada mehmonlar futbolchisi Ui Jo Xvang tomonidan ochildi.

Bahs yakunlanishiga bir necha soniya qolganda Massimo Luongo hisobni tenglashtirdi va o'z jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.






Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Avstraliya esa Livanni bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia