O'rtoqlik o'yini. Biz bilan durang o'ynagan Senegal Janubiy Koreyadan ustun keldi

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2018, 23:53
JCH-2018 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan Senegal va Janubiy Koreya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Avstriyaning Gryoding shahridagi “Untersberg-Arena”da o'tgan uchrashuvda afrikaliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Avvaliga 67-daqiqada En Gvon Kim o'z darvozasini ishg'ol qilib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Mussa Konate belgilangan penaltini golga aylantirib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:0. 

Ma'lumot uchun, 23 mart kuni O'zbekiston bilan durang (1:1) o'ynagan Senegal terma jamoasi mundialning H guruhida Polsha, Kolumbiya va Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Janubiy Koreya esa Germaniya, Meksika va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif