O'rtoqlik o'yini. Belgiya Rossiyaga safar oldidan yirik g'alabaga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2018, 03:32
JCH-2018 kashfiyotlaridan biriga aylanishi kutilayotgan Belgiya terma jamoasi Rossiyaga jo'nab ketish oldidan o'z muxlislari ko'z o'ngida so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Poytaxt Bryusseldagi “Qirol Boduen” stadionida o'tgan uchrashuvda Roberto Martines shogirdlari Kosta-Rika terma jamoasini yirik 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Romelu Lukaku o'yinda dublga erishdi. 

O'rtoqlik o'yini 

Belgiya – Kosta-Rika 4:1 (2:1, 2:0)

“Qirol Boduen” stadioni

Gollar: 0:1 – 24 Ruis, 1:1 – 31 Mertens, 2:1 – 42 Lukaku, 3:1 – 50 Lukaku, 4:1 – 64 Batshuayi.

Belgiya – Kurtua, Boyata (Dendonker, 66), Vertongen, Mene (Shadli, 46), Alderveyreld, de Bryuyne (Tilemans, 71), Ferreyra Karrasko, Vitcel, Azar (Dembele, 70), Mertens (Batshuayi, 52), Lukaku (Azar, 65).

Kosta-Rika – Navas, Akosta, Gonsales, Ovedo (Kalvo, 46), Duarte, Borxes (Asofeyfa, 76), Bolanos (Gusman, 62), Ruis (Kempbell, 66), Texeda, Gamboa (Smit, 66), Urenya (Venegas, 46).

Ogohlantirish: Gonsales (44).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif