So’nggi yangiliklar

13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  1 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  3 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  1 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  23 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  2 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  3 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  4 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2

O'rtoqlik o'yinlarining narxi qancha turadi? Yangiliklar

O'rtoqlik o'yinlarining narxi qancha turadi?

O'rtoqlik o'yinlari o'tkazish borasida ishqibozlarimiz “Terma jamoalar markazi”ga ko'p etiroz bildirishadi.
Ushbu maqolada biz bu holatga to'xtalib o'tmoqchi emasmiz. Faqat o'rtoqlik uchrashuvlari qanday tashkil etilishi va kuchli terma jamoalarni safar bellashuviga taklif etish qancha turishi haqida olgan malumotlarimizni o'quvchilari bilan baham ko'rib o'tamiz.

Ushbu malumotlarni olishda FIFAning uchrashuvlar tashkil qiluvchi agentlaridan biriga murojaat etdik. U esa taxminiy raqamlarni keltirib o'tishga rozi bo'ldi. SHuningdek, o'rtoqlik o'yinlari tashkil etishda ikki xil yo'l haqida ham to'xtalamiz. Demak, o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishda federaciyalarning o'zlari kelishishlari yoki uchrashuv agentlariga murojaat qilishlari mumkin. Agentlar barcha tashkiliy masalalarni hal etishlari mumkin. Hozir shunday agentliklar o'yinlarning tashkil etilishidan tortib bahsning televizion huquqlarini sotish bilan o'zlari shug'ullanishga tayyor. Albatta, talab bor terma jamoalar uchun. Qolgan holatlarda faqat bir federaciyaga vositachi sifatida chiqib, o'rtoqlik o'yinini tashkil qilib berishadi. Ularning aytishicha, bugungi kunda uyda va safarda bellashuvlar o'tkazishga kelishish urfdan chiqib ulgurdi. CHunki jamoalar har bir uchrashuvdan daromad olishga intilishyapti. SHu sababli avvallari o'ziga xos ananaga aylangan ikki uchrashuvdan iborat kelishuv hozir deyarli ro'y bermayapti. To'g'ri, grand terma jamoalar bunday kelishuvga egalar, lekin ular 4 yil ichida shunday bahslarda ishtirok etish to'g'risida shartnomaga imzo chekishyapti. SHuning uchun o'rtoqlik bellashuvlari tashkil etishda bir tomonning xohishi asosiy o'ringa chiqmoqda.

Jahon grandlari qatorida turgan Ispaniya, Braziliya, Argentina, Germaniya, Franciya, Italiya va Gollandiya terma jamoalari raqib va bosib o'tiladigan masofa, tarkibda barcha yulduzlarning bo'lishiga qarab, 1-2 million evro miqdorida pul evaziga o'rtoqlik uchrashuvlariga rozilik bildirishadi. Lekin bazida yirik turnirlar arafasida bu jamoalarning o'zi boshqa kuchsizroq termalarni o'rtoqlik o'yini o'tkazishga taklif qilishadi. CHunki turli xil taktikalarni qo'llab ko'rish va jamoaga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida kuchsiz terma jamoalarga shunday taklif yuborishadi. Argentina Messi, Portugaliya Ronaldu kelishi sharti bilan ko'proq pul to'lanadigan terma jamoalar sarasiga kiradi. Grand jamoalarning barchasida shunday vaziyatni ko'rish mumkin. SHunday kuchli termalarni Toshkentga taklif etish borasida Yaponiyadan o'rnak olsa arziydi. CHunki yaponlar oxirgi yillarda 80 foiz uchrashuvlarni o'z maydonlarida o'tkazib kelishyapti. Tashkilotchilik va boshqa holatlar yuzasidan yaponiyaliklar tajribasini o'zimizda qo'llab ko'rsak bo'ladi. Masalan, Germaniya yoki Ispaniyani Toshkentda o'ynashga ko'ndirish uchun taxminan 1,5 million evro va jamoa delegaciyasining kelib-ketishi, mehmonxona xarajatlarini to'lab talab etiladi. Buncha miqdordagi summani chiqarib olish mumkin. Bunday grandlarning har bir uchrashuvi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otadi. Teletranslyaciya huquqini boshqa mamlakatlar telekanallariga sotish, marketing ishlari (bir uchrashuv uchun stadionda reklamalarni joylashtirish, televidenieda o'yin oldi va bellashuv paytida reklamalar berish), chipta sotish va uchrashuvga oid suvenir, sharf va shu kabi boshqa narsalar sotuvidan yaxshigina miqdorda pul topsa bo'ladi. CHiptalar narxi 50, 100 va 150 ming so'm qilib belgilangan taqdirda taxminan 1 million evroga yaqin pulni topish mumkin. 13 mingtadan 50 va 100 minglik, 6 mingta 150 ming so'mlik chipta sotilganda shuncha miqdor kelib chiqadi. Qolgan manbalar yordamida bemalol o'rtoqlik uchrashuvi uchun ketgan pulning o'rnini qoplab yuborsa bo'larkan. To'g'ri, birdaniga bunday yuqori saviyadagi jamoalarni chaqirish kerak degan fikrda emasmiz. Boshlanishiga Evropaning o'rtamiyonalarning eng kuchlilari sanalgan jamoalarni taklif etib ko'rish mumkin. SHveciya, Xorvatiya, Daniya va Norvegiya singari termalarni ancha kam mablag' evaziga taklif qilib, kichik tajriba to'plab olish imkoniyati mavjud. CHunki o'ta kuchli jamoalar bilan uchrashuvlarga hali saviya jihatidan tayyor emasmiz. O'ta yirik hisobda mag'lubiyatga uchrash ehtimoli yuqori ekanligini hisobga olsak, bu futbolchilarning kayfiyati tushib ketishiga olib keladi. Yoki hujumdagi faollikni oshirish maqsadida Evropaning himoyaga katta etibor qaratadigan kuchsiz terma jamoalari bilan bellashish ham foydadan xoli bo'lmaydi.

Meksika terma jamoasini 300 ming, AQSHni 200 ming, Gonduras, Gvatemala va Salvador singari jamoalarni “rozi qilish”ga 100 ming dollar miqdoridagi mablag' etarli bo'lishini uchrashuvlar o'tkazish bilan shug'ullanadigan agentlardan biri takidlab o'tdi. Afrika qitasining kuchli termalarini taklif qilish ham unchalik qimmat turmaydi. Birinchi navbatda etiborni Evropaning o'rtamiyona va Afrikaning kuchli termalariga qaratish zarur. Kamroq pul sarflab, o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish orqali pul ishlab topishni tekshiruvdan o'tkazib ko'rsa bo'ladi.

SHu o'rinda Osiyodagi bir qator terma jamoalarning moliyaviy imkoniyatlari to'g'risida bazi malumotlar bilan o'rtoqlashamiz. Yaponiya futbol federaciyasining yillik byudjeti 264 million AQSH dollariga teng ekan. SHu sababli yaponlar har sohada qitamizda yaqqol etakchilik qilishmoqda. “Kirin” kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli YAFA milliy terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlarini muxlislar ko'z o'ngida o'tkazishi mumkin. “Kirin” har yili kamida 5ta uchrashuvni Yaponiyada tashkil etishni kafolatlaydi. Xitoyda byudjet 180 million dollarga teng. Afsuski, xitoyliklar hozircha terma jamoalar miqyosida aytarli natijalarni qayd etishmayapti. To'g'ri, ularda hozir chempionat tobora yuqori saviyaga kirib bormoqda, biroq buning terma jamoalarga foydasi sezilayotgani yo'q.

Indoneziya esa futbol federaciya byudjeti bo'yicha uchinchi o'rinda turadi. Bu mamlakat futbol federaciyasi 112,5 million dollar mablag'ga ega. Janubiy Koreya 95, Avstraliya 60, Vetnam 60 million dollar pulni ishlatish imkoniyatiga ega. Bu erda Vetnamda moliyaviy holat yuqori ekanligi qoyil qolishga arziydi. Eronda esa bu raqam haminqadar – 8 million. SHu tufayli eronliklar oxirgi yillarda yuqori saviyali raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkaza olishmayapti. Bu holat Karlush Keyrushning etirozlariga sabab bo'lib kelmoqda.

Milliy terma jamoamiz bu yil faqat bir marta rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi. BAA bilan Toshkentdagi o'yindan keyin Avstraliyada o'tadigan Osiyo Kubogi final bosqichiga qadar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. Umid qilamizki, 2014 yil muxlislarimiz Toshkentda xalqaro o'rtoqlik o'yinlariga guvoh bo'lishadi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика