Origi: "Jon deb qishda "Liverpul"ga qaytgan bo'lardim"
14 noy 2014 16:18
Yangiliklar


Origi: "Jon deb qishda "Liverpul"ga qaytgan bo'lardim"
"Lill"da ijara asosida to'p tepayotgan "Liverpul" hujumchisi Divok Origi "qizillar" safiga qaytmoqchi.
"Bunday qarorlarni men qabul qilmayman. Aslida men bir mavsum davomida "Lill"da qolishim kerak edi, ammo agar klublar meni "Liverpul"ga qaytishim borasida kelishib olishsa, jon deb Angliyaga borardim. "Lill"da o'zimni yaxshi his qilyapman, menga barcha sohada yordam berishyapti. Lekin sabrsizlik bilan Premer-ligada o'ynashni kutyapman" - deydi Origi.

Fikrlar