Ore APL klubiga o'tdi Yangiliklar

Ore APL klubiga o'tdi

"Nottingem Forest" o'zining rasmiy saytida Kot-d'Ivuar termasi himoyachisi Serj Ore bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Futbolchi erkin agent hisoblanadi, shuning uchun u Angliya klubiga tekinga tushdi. Tomonlar 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi.

29 yoshli Ore bungacha "Lans", "Tuluza", PSJ, "Tottenxem" va "Vilyarreal" klublarida to'p tepgan. Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida 81 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика