So’nggi yangiliklar

16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  1 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  2 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  10 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5

"Oq-tepa"ning braziliyalik legioneri: "O'zbekistonda o'zimni ko'rsatsam Braziliya terma jamoasiga chaqirilishim ham mumkin" Yangiliklar

"Oq-tepa"ning braziliyalik legioneri: "O'zbekistonda o'zimni ko'rsatsam Braziliya terma jamoasiga chaqirilishim ham mumkin"

Pro liga ishtirokchisi bo'lgan Toshkentning "Oq-tepa" klubi yangi mavsum oldidan tarkibini bir qator yangi futbolchilar hisobiga to'ldirib oldi.

Kuni kecha jamoaga yana bir braziliyalik hujumchi Gilerme Da Silva kelib qo'shildi. Bunga qadar "Gremio", "Atletiko Mineyro", "Saxam" (Ummon)  kabi klublarda to'p tepgan 29 yoshlik forvard saytimizga dastlabki taassurotlari, o'zbek futboli haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi. 

"O'zbekistonga kelishim juda ham tezda yuz berdi. "Oq-tepa" taklifini qabul qilganimdan maqsad sovrinlarga ega chiqish. Qaysidir manoda bu men uchun ham yangi chaqiruv bo'ldi, deya olaman. Jamoaga hozirda sekin-asta moslashmoqdaman. Umumiy xulosa chiqarishga hali erta. Bir nechta o'yinlarda ishtirok etib biror fikrga kelish mumkin. Umid qilamanki hammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Menga bu erda o'z vaqtida Rivaldo, Denilson, Luizao kabi yulduzlar to'p tepishganini aytishganda ochig'i hayron qoldim va o'zim ham internet orqali bu borada malumotlar to'pladim. SHuningdek Ummon chempionati vakili bo'lgan "Saxam" klubida o'zbekistonlik himoyachi Maksimiliyan Fomin bilan birga to'p tepganman. Undan o'zbek futboli haqida ko'p eshitganman. Klub taklif qilgan loyiha menga yoqdi. 

Hozirga qadar katta jamoalarda o'ynab ko'plab sovrinlarga ega chiqqanman. Faoliyatimni bir joyda to'xtatib qo'yish niyatim yo'q. SHuning uchun "Oq-tepa"da yanada yaxshiroq to'p tepishim zarur. Balki shu orqali terma jamoaga ham chaqirilishim mumkin. 

Braziliyalik legionerlardan O'zbekistondan boshqa mamlakatlarda ham ko'p narsalar kutishadi. Bosim katta bo'lishini bilaman. Men bunga tayyorman. O'z o'yinimni ko'rsatishga harakat qilaman",- deydi futbolchi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика