So’nggi yangiliklar

00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  3 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  46 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1

"Oq-tepa" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvini stadiondan kuzatgan Timur Kapadze nimalar dedi? Yangiliklar

"Oq-tepa" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvini stadiondan kuzatgan Timur Kapadze nimalar dedi?

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze kecha Pro liga uchinchi turidan o'rin olgan "Oq-tepa" va "Neftchi" o'rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatdi va fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ha, bugun o'yinni stadiondan kuzatdik. Maydonda haqiqiy jang bo'ldi. "Neftchi" avvalgi ikki turda mag'lubiyatga uchramay kelayotgandi. "Oq-tepa" ham yomon o'yin ko'rsatmayotgandi. Barchaning og'zida shu jamoa. Yuqori maqsadlarni qo'ygan. SHu sababli qiziqarli o'yin bo'lishini oldindan bilgan holda tomosha qilgani keldik. Haqiqatdan ham bellashuv jangovar muhitda o'tdi. Ikki jamoada ham vaziyatlar ko'p bo'ldi. Menimcha bu o'yinda "Neftchi" yutishi kerak edi. CHunki, deyarli 4-ta 100 foizlik vaziyatlarni golga aylantira olmadi. 1:0 hisobini oxirigacha ushlay olishmadi. "Oq-tepa" ham uyda o'ynayotgandi, bor kuchini tashladi. Mezbonlar oxirigacha kurashdi va qimmatli bir ochkoni oldi. To'g'ri,"Neftchi" uch ochko yo'qotdi, lekin bir ochko bilan ortga qaytadigan bo'ldi. Bunaqa o'yinlar qancha ko'p bo'lsa, Pro liga shuncha kuchayadi. 

Ha, Pro ligani translyaciya qilinishi haqidagi xabarni eshitdik.  Sport kanali bo'ladimi yoki Uzreportmi o'yinlarni sifatli darajada muxlislarga etkazib berishlariga tilakdoshman. Bu o'zbek futboliga foyda bo'lishi tabiiy. Muxlislar ko'rishadi, tomosha qilishadi. Maydondan qaralganda  o'yinni kartinkasini umumiy ko'rish qiyin. Televizordan chiroyli qilib sifatli uzatilsa o'yin boshqacha bo'ladi. Bundan futbolimiz yutadi va muxlislarni qiziqishi ortadi", - deydi Timur Kapadze.

Jahongir Fayzullaev yozib oldi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика