So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

“Oq-tepa” jamoasiga kelgan ispaniyalik murabbiy Serxio Mariangeli bilan matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

“Oq-tepa” jamoasiga kelgan ispaniyalik murabbiy Serxio Mariangeli bilan matbuot anjumani (to'liq)

Joriy mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan Toshkentning “Oq-tepa” klubi yaqinda jamoaga ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangelini taklif qildi.





SHuningdek davralar oralig'ida jamoaga afrika qitasidan Samuel Opex hamda Villyam Mikandalar qo'shib olindi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, “Oq-tepa” klubi tashkil topganiga bu yil roppa-rosa 20 yil bo'ldi.

SHu munosabat bilan bugun klub bazasida Serxio Marinangeli va yangi futbolchilar jurnalistlarga tanishtirildi. Muloqot tarzida o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murabbiy va futbolchilarga yuzlanishdi.

Malumot o'rnida Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qitaning kuchli to'rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo'shgan.

Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo'lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019 yilda UEFA Pro licenziyasini qo'lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo'l ostida amaliyot o'tagan. Uning akasi Andres Mariangeli hozirda Valter Pandiani bilan BAA ikkinchi ligasi vakili "Dibba FK" jamoasida ish olib bormoqda.

“Hurmatli jurnalistlar matbuot anjumaniga xush kelibsiz. Sizlarni yig'ishimizdan asosiy maqsad jamoamizga yaqinda kelgan ispaniyalik murabbiyni tanishtirish hamda sizlarni qiziqtirgan savollarga javob berish. Bilasiz, bu yil klubimiz o'zining 20 yilligini nishonlamoqda. Biz o'z harakatlarimiz bilan muxlislarni xursand qilish va futbolimiz rivojiga hissa qo'shishni maqsad qilganmiz”,- deydi klub prezidenti Sarvar SHog'ulomov.

- Legioner tanlovida nima uchun aynan Afrika qitasidan o'yinchilar olinmoqda?

(Alisher SHog'ulomov “Oq-tepa” rahbari) – Nima uchun aynan Afrika qitasidan legioner olyapmiz, aynan afrikalik futbolchilar bilan ishlaymiz degani emas. Bizning loyihamiz bor, bu Ibrohim Tomiva bilan boshlandi. U o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Etibor berayotgan bo'lsangiz bu yil O'zbekistonda Superligada ham afrikalik futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Bizga farqi yo'q. Serbiya yoki Polshadan, Ukrainadan - bunisi ahamiyatsiz. Yaxshi o'yin namoyish etsa bo'lgani, o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgani uchun ular ishlashda davom etmoqdamiz. Ispaniyalik murabbiy orqali o'zbek futboliga yangilik kiritmoqchimiz. Marinangeli orqali nafaqat klubimizni, balki o'zbek futboli darajasini ham ko'tarishni maqsad qilganmiz. Biz murabbiy bilan aloqaga chiqqanimizda qarashlarimiz va fikrlarimiz bir-biriga mos tushdi. Qisqa va uzun paslar, to'pni nazorat qilish, kombinaciyalar kabi uslublarimiz ham o'xshash. SHu tomondan ham kelisha oldik va maqsadimizga erishdik. 

- Moliyaviy tomonlari haqida nima deya olasiz?

(Alisher SHog'ulomov “Oq-tepa” rahbari) – U O'zbekistonga pul uchun kelmadi. Marinangeli O'zbekiston haqida ko'p narsa bilmas ekan, qiziqib qoldi. O'zbek futbolini rivojlantirish va darajasini ko'tarish uchun uni taklif qilganmiz. Ko'plab futbolchilarni terma jamoalarimizga etkazib berishni maqsad qilgan.  

(Serxio Marinangeli, murabbiy) – “Oq-tepa” futbol klubidan taklif kelib tushganda uni o'rganib chiqdim. Meni o'ylantirayotgan savol oilam masalasi edi. CHunki, oilamni Ispaniyada tashlab, o'zim uchun begona bo'lgan mamlakatga keldim. Bu bir tomondan sizni ruhlantiradi. Boshqa tomondan siz oilangiz haqida ham ko'proq o'ylashingizga to'g'ri keladi. Klub rahbarlari bilan gaplshganimdan keyin fikrlarimiz bir joydan chiqdi. Oldimizga qo'ygan maqsadlarda ham o'xshashlik bor. SHuning uchun menga qaror qabul qilish oson bo'ldi. Ispaniyada oilamni tashlab keldim, bu borada klub rahbarlariga ham aytganman. Lekin, bu erga kelib men yangi oilaga ega bo'ldim. Alisher SHog'ulomov, G'anisher SHog'ulomovlar menga shu qadar imkoniyatlar berishdiki, o'zimda chetdan bo'layotgan qo'llab-quvvatlashni his qildim. Hozir ham o'z uyimdagidekman. 

 - Xorijlik yoki evropalik murabbiy, futbolchilarni O'zbekiston chempionatiga faqat katta maosh evaziga jalb qilish mumkin. CHunki, o'zbek futbolining obro'si va nufuzi Evropada mashhur emas. “Oq-tepa” jamoasi sizni nimasi bilan o'ziga jalb qildi?

(Serxio Marinangeli, murabbiy) – Men futbolni juda yaxshi ko'raman. Evropani boshqa mamlakatlarida ishlash oson. O'zbekiston men uchun faoliyatimdagi yangi chaqiriq. Agar boradigan bo'lsam ham inson, ham proffessional sifatida o'sishga erishishim mumkin. Yuqorida aytganimdek klubning maqsadlari, men proffessional inson sifatida oldimga qo'ygan maqsadlarimga o'xshash. Klubning maqsadi Superligaga chiqish, men esa bu borada yordamimni beraman. Kelishimdan maqsad katta maosh yoki pul emas. Muzokaralar olib borilayotgan paytda jamoaning o'yinlarini ko'rdim va kuzatdim. To'g'risini aytsam jamoa bunaqa o'ynaydi deb o'ylamagan edim. Jamoaning namoyish etayotgan o'yini juda ham yoqdi. Yig'ilgan futbolchilar men va murabbiylar berayotgan ko'rsatmalarga to'g'ri keladi. SHu narsa meni xursand qildi. Qabul qilgan qarorimga afsuslanmadim. 

(Samuel Opex, himoyachi) – Avvalambor murabbiylarga, klub prezidentiga katta rahmat aytmoqchiman. Futbolchilar meni yaxshi qabul qilishdi. Men bu erga kelsam ayrim muammolarga duch kelaman deb o'ylagan edim. Lekin, o'zimni uyimdagidek his qilmoqdaman. Yaqinda Toshkent shahrini aylandim. Toshkent bunchalik chiroyli ekanligini bilmagan edim. Ikkinchidan meni bu erga kelishimda yordam bergan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Nigeriyalik mashhur futbolchi Piter Odemvinge bu erga kelayotganimda yaxshi tavsiyalar va maslahatlar berdi. O'zbekistonda o'sishga erishishim mumkinligini aytgandi. 

- Ispaniyalik murabbiy bilan qancha muddatga shartnoma imzolandi? Taxminan qaysi lavozimda ish boshladi?

(Alisher SHog'ulomov “Oq-tepa” klubi rahbari) – Murabbiy bilan hozircha og'zaki kelishuvga erishganmiz. Bu yil fikrlarimiz bir-biriga to'g'ri kelsa, keyingi mavsumda ham birga ishlashni maqsad qilganmiz. Qishda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yana bir murabbiy kelishi kerak edi. Malum sabablarga ko'ra kela olmadi. Lekin, u jamoamizga albatta keladi. Serxio Marinangeli bilan mashg'ulotlarni maslahatlashgan holatda kelishib olib boramiz. Yakuniy qarorni men qabul qilaman. PFLdan murabbiy sifatida endi ro'yxatdan o'tkazamiz.

- Evropalik murabbiylardan odatda biz ko'p narsa kutishga, yangilik ko'rishga odatlanganmiz. Siz jamoaga qanday yangilik olib kirishni maqsad qilgansiz?

(Serxio Marinangeli, murabbiy) – Biz uchun eng muhimi - mashg'ulotlar jarayonini yanada yaxshilash. Umuman olganda jamoaning mashg'ulotlari yomon emas. Biroq, men o'zimning g'oyalarimni, boshqa murabbiylar o'z g'oyalarini qo'shib umumlashtiramiz. Jamoa o'ynayotgan futbolni o'zgartirmoqchi emasmiz. Biz shuni yanada rivojlantirmoqchimiz. Aytaylik, qisqa paslar, maydondagi uchburchaklarni yasash, maydonning kichkina qismida tezlikka urg'u qaratishni o'rgatyapmiz. Ispaniya metodikasidan ozgina narsalarni olib kiramiz. Lekin, butkul uslubni o'zgartirmaymiz. Bizning asosiy maqsadimiz mashg'ulotda qanday kuch bilan harakat qilsak, o'yinda ham huddi shunday harakat qilish. Ertalabki mashg'ulotlarni ko'rgan bo'lsangiz ko'p ham intensivlikka etibor qilmadik. Kechki mashg'ulotlarda ko'proq to'p bilan ishlashga, jismoniy kuchga urg'u beramiz. Biz murabbiylar shtabi orqali jamoaning o'z uslubini yaratishimiz kerak. 

- Jamoa mashg'ulotlarni suniy qoplamali maydonda olib bormoqda. O'yin esa tabiiy chimli maydonda o'tmoqda. Bu futbolchilarga qay darajada tasir qiladi?  

(Alisher SHog'ulomov "Oq-tepa" klubi rahbari) -  O'yinlarni ham o'zimizning maydonda o'tkazgan bo'lar edik. Lekin, biz raqiblarni ham o'yladik. Uchrashuvdan oldingi mashg'ulotlar tabiiy maydonda olib boriladi. O'ynashni bilgan odam erda ham o'ynab yutib ketishi mumkin. Jamoamizning natijalari haqida to'xtaladigan bo'lsam, pandemiya hamma jamoalarga o'z tasirini o'tkazdi. “Bunyodkor”, “Andijon”, “Buxoro” kabi Superliga klublari ham qiyin ahvolda. SHu sababli mavsum boshidagi yig'ilgan futbolchilarni aksariyatini qo'yib yuborishga majbur bo'ldik. Hozirda vaziyat yaxshi tomonga o'zgargan. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ketgan futbolchilarimizni ortga qaytaramiz. Bu bilan bahona qilmoqchi emasman. Rejalarimizdan boshqa xorijlik futbolchilarni taklif qilish o'rin olgan. Keyingi mavsumda argentinalik futbolchini olib kelmoqchimiz. Balki, Messi bo'lishi ham mumkin.

(Serxio Marinangeli, murabbiy) – “Shampionat.asia” saytida men haqimda chiqqan maqolani ko'plab do'stlarimga yubordim. Buni argentinalik, ispaniyalik futbolchilar, murabbiylar do'stlarim ko'rishdi. Ular mendan O'zbekiston haqida ko'p narsalar so'rashdi. SHuni aytmoqchimanki, O'zbekiston juda chiroyli mamlakat. Odamlariga umuman gap bo'lishi mumkin emas. Futbolchilar va murabbiylar o'rtasidagi ajoyib munosabat, bir-biriga bo'lgan hurmat meni juda hayron qoldirdi. Men faoliyat olib borgan joylarda bunday emas edi. “Oq-tepa” orqali biz to'p tepayotgan chempionatning darajasini ko'tarsak xursand bo'lardim. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика