"Oq-tepa": Futbolchimiz yoshlar terma jamoasidan taklif oldi
25 avg 2015 13:29
Yangiliklar


"Oq-tepa": Futbolchimiz yoshlar terma jamoasidan taklif oldi
Iqtidorli himoyachi Tursunboy Rahimberdiev O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif oldi.
Xabaringiz bor, Jasur Abduraimov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz Bangladeshda tashkil qilinadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. SHu musobaqa oldidan termamiz Xitoyda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi va xalqaro turnirda qatnashadi. Tursunboy Rahimberdiev 2-4 sentyabr kunlari Toshkentda, 5-13 sentyabr kunlari esa, Xitoyda tashkil qilinadigan yig'inga taklif qilingan.
Biz Tursunboy Rahimberdiev va terma jamoamizga omad tilab qolamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar