"Oq-tepa": Birinchi kungi mashg'ulotlar haqida
03 jan 2015 09:00
Yangiliklar

"Oq-tepa": Birinchi kungi mashg'ulotlar haqida
Xabar berganimizdek, "Oq-tepa" kecha yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Birinchi kungi mashg'ulotlarda 21 nafar o'yinchi ishtirok etdi. Mashg'ulotlarda klub bilan amalda shartnomasi bor o'yinchilar, Mahsud Hayitov, Sardor Soibov, Zafar Qoraqulov, Nodir Teshaboev, Zokir Mirzaahmedov, Maruf Ahmadjonov, Sobir Usmonxo'jaev, Ildar Magdeev, Farrux Yo'ldoshev, Abdumavlon Tursunov, SHohruh Pirnazarov va o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Oq-tepa”da o'tkazgan Sardor Ahmadaliev qatnashdi. Himoyachi Marat Qudratov bugun mashg'ulotlarga qo'shiladi. Bundan tashqari, 10ga yaqin futbolchi ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan. Ularning aksari yosh, iqtidorli o'yinchilardir. Darvoqe, “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Jaloliddin Saidov ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Oq-tepa"ning dastlabki yig'ini 17 yanvarga qadar davom etadi. Yig'in davomida uchta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 4 yanvar kuni “Oq-tepa” stadionida O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi “Lokomotiv” bilan kuch sinashilsa, 14 yanvarda “Qizilqum”ga qarshi nazorat o'yini o'tkaziladi. Ikki nazorat o'yini orasidagi muddat ichida yana bir o'rtoqlik bahsiga jamoalar bilan muzokara o'tkazilmoqda.

Fikrlar