So’nggi yangiliklar

22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  0 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:41Россия кубоги. ​Аббосбек Файзуллаев "Зенит"га қарши ўйинни захирада бошлади (онлайн ҳисоб)  7 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  11 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  7 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   21 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  32 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4

Oq-qora mablag' yoxud Yuvening yulduzli tarkibi qanchaga tushgan? Yangiliklar

Oq-qora mablag' yoxud Yuvening yulduzli tarkibi qanchaga tushgan?

Teglar :  Yuventus
Turinning Yuventus klubi bir necha yillardan buyon Italiya A seriyasining tengsiz klubi nomini o'zida saqlab turibdi.

 ECHLdagi natijalar ham yomon emas, har holda, keksa sinora grandlarga etarlicha boshog'riq bo'lmoqda. Aynan shu jamoa yulduzli tarkibni qay tariqa tuzishiga hech etibor qaratganmisiz? Bu jihat diqqatingiz markazidan chetda qoldimi? Hech qisi yo'q, quyidagi faktlar orqali gap nimadaligini tushunib olishingiz mumkin.

1. Dani Alves

Qaerdan: Barselona (2016)

Narxi: Erkin agent


Braziliyalik himoyachi - Yuvening navbatdagi topilmasi. Alves hayotining 14 yilini Ispaniyada o'tkazdi, faoliyatini yakunlash arafasida esa Turindan boshpana sotib oldi. Barsaga o'tishidan oldin 6 mavsum davomida Sevilya libosida to'p surib, o'z o'yinlari bilan yulduzlikka davo qilishi mumkinligini isbotlagandi.

2. Sami Xedira

Qaerdan: Real (Madrid, 2015)

Narxi: Erkin agent


Qirollik klubidagi 5ta jarohatli mavsum - har yili shifokorlar qabuliga yozilaverishdan charchagan Xedira la-ligani A seriyaga almashtirishga qaror qildi. Aftidan, u adashmagan ekan. 2015|2016 yillar mavsumida tunislik nemis, Pol Pogba va Klaudio Markiziodan tashkil topgan uchlik Evropadagi eng yaxshi triolardan biriga aylandi.

3. Patris Evra

Qaerdan: Manchester Yunayted (2014)

Narxi: 1,5 million funt sterling


Patris Evra - ser Aleks Fergyuson faoliyatidagi so'nggi sakkiz yil mobaynida sovrinlar yutgan himoyachi. Daho murabbiy MYUdan ketgach, jamoa o'z obro'siga zid o'yin ko'rsata boshladi. Moyes davridagi mavsum Patris uchun qizil iblislar safidagi so'nggisi bo'ldi va francuz Turinga ko'chib o'tdi. 35 yoshni qarshilagan Evra o'z o'yini bilan maqtana olmaydi, asosiy tarkibdan muntazam o'rin egallashi qiyinlashmoqda. Ammo Keksa sinoraning 2ta chempionlik sovrini va ikkita Italiya kubogini qo'lga kiritishida asosiy rollardan birini o'ynadi.



4. Kingsli Koman

Qaerdan: PSJ (2014)

Narxi: Erkin agent


Kingsli Koman 2014 yili Patris Evradan keyin Yuve bilan shartnoma imzolagan ikkinchi francuzga aylandi. Unda kelajagi porloq yulduzni ko'ra bilgan Turin klubi rahbariyati yosh futbolchiga dastlabki mavsumning 20ta o'yinida ishtirok etish huquqini taqdim etdi. So'ngra Koman tajribasini oshirish maqsadida ijara asosida Bavariyaga yo'l oldi. Darvoqe, o'zining 20 yoshida Franciya, Italiya va Germaniya chempionatida g'olib chiqishga ulgurdi.

5. Karlos Teves

Qaerdan: Manchester Siti (2013)

Narxi: 6,75 million funt sterling


Manchester Sitida o'tgan yorqin 4 yildan so'ng Teves ko'pmillionli shartnomalarga qiziqmadi. Zero, PSJ unga mo'may daromad taklif qilgandi. Argentinalik hujumchi Yuvega o'tish orqali futbolning yuksak sanatini namoyish etdi. Uning Turin sayohati uzoq davom etmadi, ammo Karlosga 95ta o'yinda 50ta gol taqdim etdi. Qolaversa, Teves Mishel Platini, Roberto Badjo hamda Del Pero to'p surgan 10 raqamli futbolkada maydonga tushdi.

6. Pol Pogba

Qaerdan: Manchester Yunayted (2012)

Narxi: Erkin agent


MYU akademiyasida o'tgan bir necha yil, asosiy jamoa­ning zaxira o'rindig'ida o'tirish bo'yicha takliflar, Fergyusonning ketmaslikka ko'ndirishga bo'lgan urinishlari... SHundan so'ng Pogba Keksa sinora libosini kiydi. O'sha paytdagi bosh murabbiy Antonio Kontega maydonda qanday ahamiyat kasb etishi mumkinligini isbotladi. Oradan 4 yil o'tgach, Evropaning eng xaridorgir markaziy yarim himoyachilaridan biriga aylandi.


7. Andrea Pirlo

Qaerdan: Milan (2011)

Narxi: Erkin agent


Pirlo - Italiya futbolining haqiqiy dvigateli. 2011 yili Milan bilan navbatdagi skudettoni qo'lga kiritgan Andrea jamoani tark etib, qora-oqlar safiga qo'shildi. Markaziy yarim himoyadan joy egallab, hujumlar tashkil etish masuliyatini to'laligicha o'z nazoratiga oldi. A seriyaning 35ta o'yinida 2500tadan ortiq uzatmani amalga oshirdi. Albatta, rossonerilar Maestroni biroz erta qo'yib yuborilganini darhol anglashdi.

8. Arturo Vidal

Qaerdan: Bayer (2011)

Narxi: 9,38 million funt sterling


Ko'p jihatdan aynan Pirlo va Vidalning say-harakatlari samarasi o'laroq, Yuventus A seriyada yuksak cho'qqilarni zabt etdi. 2011 yili 7-o'rin bilan kifoyalangan klub keyingi mavsum marraga birinchi bo'lib etib bordi. CHililik futbolchi Konte tuzgan tarkibdagi eng asosiy figuralardan biriga aylandi, uning Turindagi eng katta yutug'i sifatida esa CHempionlar Ligasi finalini ko'rsatish mumkin. Bir yil avval Vidal 28 million funt sterling evaziga Bavariyaga sotib yuborildi.

9. Andrea Barzali

Qaerdan: Volfsburg (2011)

Narxi: 225 ming funt sterling


Yuvening yarim himoya va hujum chizig'ida muntazam o'zgarishlar ro'y berayotgan, hech bo'lmaganda, bir-ikki mavsum barqaror o'yin namoyish etish uddalay olinmayotgan bir pallada himoya daxlsiz ko'rinish kasb etdi: Buffon, Kellini, Barzali va Bonuchchidan iborat ajoyib to'rtlik paydo bo'ldi. Aynan Andrea ular orasiga so'nggi vakil sifatida qo'shildi: Yuve 2011 yili mahoratli himoyachi uchun Volfsburgga atigi 225 ming funt to'ladi. Hozirda 35 yoshni qarshilagan Barzali ham klub, ham terma jamoa uchun benazir futbolchiga aylanib ulgurdi.


10. Jorjo Kellini

Qaerdan: Fiorentina (2005)

Narxi: 5,48 million funt sterling


SHubhasiz, Buffon - Keksa sinoraning tirik afsonasi. Faoliyatining 11 yilini oq-qoralar libosida o'tkazgan Kellini ham Yuventus timsollaridan biri hisoblanadi. Jorjo klubi bilan barcha qiyinchiliklarni engib o'tdi, B seriya sayri ham shular jumlasidan. Ammo jamoasi bilan yana elitaga qaytishni uddaladi va so'nggi 5 yil mobaynida qatorasiga skudettoni o'ziniki qildi. Himoyadagi sheriklari bilan Italiya termasida ham o'z o'rnini topdi.


A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика